Aleksandr Ejov: "O'yin esdan chiqadi, natija tarixda qoladi"
08 may 2021 12:10
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: "O'yin esdan chiqadi, natija tarixda qoladi"
Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Oq-tepa" (1:0) uchrashuvidan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Aleksandr Ejov matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Qaerdadir raqib bizdan yaxshi o'ynadi. Ketma-ket qoniqarsiz natijalardan keyin o'yinga ruhan tayyorlanish og'ir bo'ladi. O'yin esdan chiqadi, natija tarixda qoladi. Yigitlarga rahmat aytaman. Barchasi o'tib ketdi deb umid qilamiz.
"Oq-tepa"ni yaxshi o'rgangandik, Alisher SHog'ulomovga "Barselona" uslubi yoqishini bilaman. Bu jamoa to'pni ko'p o'zida ushlab turishga urinadi.
Kubok o'yinlaridan keyingi omadsizlikdan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik. Moliyaviy tomonlama hech qanday muammo yo'q. Bugun kelib bizni qo'llab turgan muxlislarga katta rahmat aytaman.
Sarvar Jumaniyozov shu kunlarda jamoaga qo'shiladi va umumiy mashg'ulotlarni boshlaydi", - deydi Aleksandr Ejov.
Fikrlar