So’nggi yangiliklar

13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  1 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  2 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  6 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  2 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  1 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  8

Aleksandr Ejov: "Moliyaviy imkoniyatimiz kuchli futbolchilarni jalb qilishga kamlik qiladi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Moliyaviy imkoniyatimiz kuchli futbolchilarni jalb qilishga kamlik qiladi"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ko'rganingizdek qiziqarli o'yin bo'ldi. Afsuski uchrashuv muxlislarsiz o'tkazildi. Yigitlar maydonda borlarini berishdi. To'g'ri biroz tajriba etishmayapti. Boisi ular hali yosh. Futbolchilarga kuchli xohish va ishtiyoq uchun rahmat aytaman. Muxlislardan, homiylardan bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolardim. "Buxoro" kuchli jamoa bo'lishiga qaramasdan jamoam bo'sh kelgani yo'q. Gol o'tkazib yuborishimiz yoki o'yin so'nggida g'alaba to'pini kiritishimiz ham mumkin edi. Qulay vaziyatlardan foydalana olmaganimiz mahorat etishmagani bilan bog'liq, deb o'ylayman. Durang adolatli natija. 

Jamoadagi o'zgarishlardan qay darajada ko'nglim to'ldi? Og'riqli savol. Biz ham yaxshi jamoa tuzishni istaymiz. Bir yoki ikki yilda superklub tuzish qiyin. Biz ko'proq yosh futbolchilarga etibor qaratishni lozim, deb topdik. Moliyaviy holatimiz yaxshi bo'lganda yuqori saviyali futbolchilarni taklif qila olardik. Men yomon ayni paytdagi holatimizni yomon demayman. Lekin kuchli futbolchilarni jalb qilishga bu kamlik qiladi. Bo'lg'usida hammasi yaxshi bo'ladi, deb o'ylayman. Men o'zim xorazmlikman. Qonimda Xorazm qoni oqmoqda. SHu bois klubni yuqori o'rinlarga olib chiqishni istayman. 

Har bir o'yinda optimal tarkibda o'ynay olmayapmiz. Maydon suniy bo'lgani uchun jarohatlar ko'paymoqda. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Aleksandr Ejov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика