So’nggi yangiliklar

07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  0 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  2 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  157 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0

Aleksandr Ejov: "Jarohatlar bizni tinch qo'ymayapti" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Jarohatlar bizni tinch qo'ymayapti"

Pro liganing 3-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "SHo'rtan" (4:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.




"Avvalo muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman! Doim bizni qo'llashda davom etishsin. Raqibni o'rganib chiqqandik, "SHo'rtan" safida ko'p yosh futbolchilar borligini bilardik. SHogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi va g'alaba erishdik. Xudo xohlasa mana shunday g'alabalarni qo'lga kiritishni xohlaymiz.

Asror Aliqulov tajribali murabbiylardan biri hisoblanadi. U bilan birga ishlashni va yangi narsalar o'rganishni xohlardim.

Tarkibimizda jarohat olganlar juda ko'p. Jamoamiz etakchisi Sarvar Jumaniyazov yaqinda operaciya qilindi. Ro'zimboy Ahmedov va Farruh Haydarov hamon to'liq tiklanishmagan. Afsuski jarohatlar bizni tinch qo'ymayapti.

SHahzod Beshimovning kelajagi porloq, u futbol o'ynashni istamoqda va maydonga tushib buni isbotlamoqda. Yuragida o'ti bor. Muxlislarimiz ham uni yaxshi ko'rib qolishdi. Darhol asosiy tarkibda maydonga tushirish xato bo'lsa kerak, sababi u hali yosh va zaxiradan maydonga tushish orqali sekin-asta tajriba to'plab boradi", - deydi Aleksandr Ejov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика