So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Aleksandar Stanisavlevich: "Buxoro" ikkinchi davrada har bir uchrashuvda jang qilishga tayyor" Yangiliklar

Aleksandar Stanisavlevich: "Buxoro" ikkinchi davrada har bir uchrashuvda jang qilishga tayyor"

Superliganing birinchi davrasini muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Buxoro" jamoasi ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jamoa tarkibida bir qator tajribali futbolchilar bilan bir qatorda legionerlar ham jamlangan. O'tgan mavsumning eng yaxshi assistenti Aleksandar Stanisavlevichdan "Buxoro"da ko'p narsa kutishayotgani rost. Xo'sh, bu borada u va jamoasi qanchalik tayyor? Serbiyalik yarim himoyachining fikri quyidagicha bo'ldi. 

"Albatta turnir jadvalidagi holatimizni yaxshi, deb bo'lmaydi. Lekin biz kurashishda davom etyapmiz. Har bir uchrashuv biz uchun yangi imkoniyat. Barchasi o'z qo'limizda. 

Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Bunga ko'nikish uchun esa malum bir vaqt talab qilinadi. Men va jamoa bo'lajak uchrashuvlarda borini berishga, jang qilishga tayyor. Mavsumning ikkinchi yarimini yangi futbolchilar va yangi motivaciya bilan boshlaymiz. 

Jamoada yoshi katta futbolchilar bosimni va masuliyatni zimmamizga olamiz. Maqsadimizga erishishda barcha narsaga tayyormiz. Muxlislardan esa qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolardim", - deydi Aleksandar Stanisavlevich. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика