So’nggi yangiliklar

12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3

"Aleks" 31 yoshda! Tug'ilgan kuning bilan Geynrix! Yangiliklar

"Aleks" 31 yoshda! Tug'ilgan kuning bilan Geynrix!

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Aleksandr Geynrix 31 yoshga to'ldi.

Geynrix deganda ko'z oldimizga raqib jarima maydonchasi ichidagi xavfli hujumchi keladi. Geynrix deganda muxlislarimiz O'zbekiston milliy terma jamoasining azolari tepgan penaltilar ko'z oldilariga keltiradilar. Geynrix deganda mag'lubiyatga uchralgan paytimiz yakka o'zi ko'z yosh to'kib maydon markazida o'tiradigan hujumchini tasavvur qilamiz va yana Geynrix deganda muxlisbop o'yin ko'rsatadigan futbolchini bilamiz. Bugun muxlislarning yoqimtoyi bo'lgan "Aleks" 31 yoshga to'ldi. 

Bugun jarohati tufayli MTJga kela olmagan hujumchimimizni yilma yil yod etamiz.


O'zbekistonda 2002 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Aleksandr Geynrix uch marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldi. Bir marotabadan Rossiya va Qozog'iston oltin medallariga ega chiqdi. Uch karra O'zbekiston Kubogi soxibi va ikki marotaba Qozog'iston superkubogi g'olibi. 




Aleksandr Geynrix nomi muxlislarimiz orasida 2001 yil Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati saralash bosqichidan keyin ko'p bora tilga olina boshladi. Bir yil o'tib Qatar yashil maydonlarida kechgan Osiyo chempionatida terma jamoamizni o'z tarixida birinchi marotaba JCHga chiqishiga o'zining munosib ulushini qo'shdi.




Qisqa fursat ichida muxlislar yoqimtoyiga aylangan Sasha 2003 yili "Paxtakor"dan Moskvaning CSKA klubiga transfer qilindi. Afsuski u erda uning ishi yurishmadi. Ikki mavsumni zaxirada o'tkazgan hujumchimiz "Paxtakor"ga qaytdi.




2005 yilgi mavsumni "Paxtakor"da boshlagan futbolchi OCHLda jamoa joniga oro kirdi. O'yin amaliyotini tiklab olganidan so'ng unga Moskvaning "Torpedo" jamoasi qiziqdi.




Va u 2006 yilni "Torpedo" safida o'tkazdi. Ikki yil davomida moskvaliklar sharafini himoya qilgan Geynrix 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Orada "Paxtakor"ning 50 yillik yubileyiga bag'ishlangan shou uchrashuvda "Torpedo" safida "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushdi.




2007 - 2011 yillar oralig'ida Geynrix yana "Paxtakor"ga qaytdi. Pulni doimo ikkinchi o'ringa qo'yuvchi futbolchi biron bir klubidan bo'shashi bilan "Paxtakor" tarkibiga kelib qo'shilar va u erdan yana qaergadir transfer bo'lardi. Aslida transfer mablag'larini o'zi uchun ko'tarma puli sifatida olsa bo'lar edi. Lekin uning uchun pul bu baxt degani emas edi...




2011 yilgi Osiyo chempionatidan so'ng Geynrix Janubiy Koreya tomon uchdi. "Suvon Samsung" safida OCHLda ishtirok etgan futbolichimiz u erda ham tinch turmadi. O'z jamoasini har qanday vaziyatda qo'llay oladigan Sasha suratda guvohi bo'lganingizdek "jang" qilyapti.




Bir yil o'tib uning o'yiniga XX asr futbolining qirollaridan biri qarsak chaldi. "Emireyts" klubida to'p tepkan Geynrix futbol afsonasi Maradona bilan.




BAAdagi chempionat unga to'g'ri kelmadi. 2012 yil u Qozog'istonga ko'chib o'tdi va "Aktobe" safida 2 mavsum to'p tepdi.




2014 yil u yana Vataniga qaytdi. Bu safar uning egnidagi sariq libosni qizil egalladi. "Lokomotiv" safida bir mavsum to'p tepgan Sasha bir yil o'tib yana Qozog'istonga ketdi.




Hozircha  uning so'nggi klubi CHimkentning "Ordabasi" jamoasi bo'lib turibdi. U faoliyatini qaerda tugatadi? O'zbekistonga qaytadimi yoki yo'q. Bunisi muhim emas, qizalog'i va oilasi baxtiga sog' va omon bo'lsa bo'lgani. Ha, aytgandek, agar Geynrix Fellaynining o'rnida "MYU" safida harakat qilib gol urganida qanday suratga tushgan bo'lardi? Bu qiziq bo'lsa tomosha qiling.




S dnem rojdeniya!


Nodirxo'ja Yuldashev 


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика