Alderveyreld: "Tottenxem"ni tark etmoqchi ekanligim haqida gapirishdi, ammo bu yolg'on"
11 sen 2018 18:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/452922_original.jpg)
![](/upload/storage/452922_220.jpg)
Alderveyreld: "Tottenxem"ni tark etmoqchi ekanligim haqida gapirishdi, ammo bu yolg'on"
"Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreldning malum qilishicha, yozgi transfer oynasida u jamoani tark etmoqchi bo'lmagan.
"Hamma "Tottenxem"ni tark etmoqchiligim haqida gapirdi, ammo bu yolg'on. Yozda klub qolishimni istayotganini tushundim, shu sababli asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildim. Yana asosiy tarkib futbolchisi bo'lish - men uchun g'alaba.
SHunchaki "Tottenxem"ga bor kuchim bilan yordam bermoqchiman. Matbuotda aytilgan hammasi yolg'on" - deydi Alderveyreld.
Yozgi transfer oynasida Alderveyreld "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar