Albasete futbolchisi 3-qavatdan pastga quladi. Barchasiga telefon aybdor
02 apr 2018 07:42
Yangiliklar


Albasete futbolchisi 3-qavatdan pastga quladi. Barchasiga telefon aybdor
Albasete klubi yarim himoyachisi Pelayo Ueska shahridagi mehmonxonalardan birining 3-qavatidan pastga qulab tushdi.
27 yoshli futbolchi Ispaniya Segundasining 33-turidan o'rin olgan «Ueska»ga qarshi safardagi o'yindan oldin telefonda gaplashib turib balkondagi to'singa suyanib turib pastga qulab tushdi.
Pelayoning bir necha suyaklari sindi. Unga birinchi yordamni klubdoshlari Ruben Mino va Nestor Susaeta ko'rsatishdi.
Ayni paytda Pelayo o'zini yaxshi his qilmoqda. Uni uzoq vaqt davolanish kutmoqda.
31 mart kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Ueska» – «Albasete» uchrashuvi keyinroqqa qoldirildi.

Fikrlar