Alba: "Ronaldu? "Barselona"da hech kim o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi"
29 fev 2016 11:41
Yangiliklar
Alba: "Ronaldu? "Barselona"da hech kim o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi"
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'zlariga izoh berdi.
Ronaldu "Qirollik klubi"ning "Atletiko"dan uchragan mag'lubiyatidan so'ng (0:1) quyidagi so'zlarni aytdi: "Agar hamma mening darajamda bo'lganida, "Real" birinchi o'rinda turardi".
"Men Ronaldu so'zlarini eshitganim yo'q. "Barselona" haqida gapiradigan bo'lsam, jamoamiz juda axil. Hech kim o'zini boshqalardan ustun qo'ymaydi. Hujum chizig'imizda maydonda hal qiluvchi rolni o'ynaydigan futbolchilar bor. Ammo ularning har biri o'zini boshqalardek tutadi. Boshqa jamoalar haqida hech narsa deya olmayman" - deydi Alba.
O’xshash yangiliklar
00:27
Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" g'alabaga erishib, 2-o'ringa qaytdi. Ronaldudan navbatdagi gol! 8
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда "Аланяспор"ни мағлуб этди, Шомуродов ғалаба голини урди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar