Alba maoshini qisqartirishga rozi bo'ldi
23 avg 2021 19:45
Yangiliklar
Alba maoshini qisqartirishga rozi bo'ldi
"Barselona" himoyachisi Xordi Alba Kataloniya klubidagi maoshini kamaytirishga rozi bo'ldi. Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchining maoshi 25 foizga qisqaradi.
Avvalroq kataloniyaliklarning yana bir himoyachisi Jerar Pike ham xuddi shunday ish qilgandi, u ham "Barsa"ga yangi kelganlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun maoshini qisqartirishga rozi bo'lgandi. Yarim himoyachi Serxi Robertoning aytishicha, boshqa jamoa sardorlari ham shu yo'lga amal qilishadi.
Eslatib o'tamiz, futbolchilarning oylik maoshi yuqoriligi sababli "ko'k-anorranglilar" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaydi. Klub maosh miqdorini pasaytirish uchun himoyachi Samuel Yumtiti va yarim himoyachi Miralem Pyanich bilan xayrlashmoqchi.
Fikrlar