Alan Brandi: "Igitaga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi aniq"
28 sen 2024 17:07
Yangiliklar
Alan Brandi: "Igitaga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi aniq"
Jahon chempionati nimchorak finalidan o'rin olgan Argentina – Xorvatiya (2:0) uchrashuvidan so'ng argentinaliklar azosi Alan Brandi mikst-zonada fikrlarini bildirdi.

"Qiyin uchrashuv bo'ldi. Biz g'alaba qozondik va men bundan juda mamnunman. Raqibimiz ko'p marta follar ishlatdi, ammo bu normal holat. Sababi har bir jamoa bu bosqichda g'alaba uchun borini beradi. Bu o'yinning bir qismi.
Keyingi raqibimiz Qozog'iston terma jamoasini dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri deb o'ylayman. Ularni o'tgan Jahon chempionatida ham kuzatib borgandim. Yarim final bosqichiga qadar ishtirok etishgandi. Igitaga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi aniq.
O'zbekiston musobaqani yaxshi tashkillashtirgani ko'rinib turibdi. Argentina terma jamoasi ushbu musobaqada ishtirok etayotganidan baxtiyorman", – dedi Brandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar