So’nggi yangiliklar

13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  0 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  3 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3

Alamzada "Atalanta" Veronaga safar uyushtiradi: A Seriya 17-tur prevyusi Yangiliklar

Alamzada "Atalanta" Veronaga safar uyushtiradi: A Seriya 17-tur prevyusi

Bugun tunda Italiya chempionati navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Veneciya" - "Yuventus"

"Veneciya" bu o'yinda Okereke xizmatlaridan foydalana olmaydi, ammo tarkibga Ampadu qaytishi kutilmoqda. Umuman olganda asosiy muammo bu "Veneciya"ning juda ko'p gol o'ktazib yuborayotganida. Aynan shu jihat borasida klub vakillari bosh qotirib ko'rishlari maqsadga muvofiq bo'lardi. "Yuventus"da ham tarkib bilan bog'liq muammolar etarli. Allegri yaqinda Pellegrini va Kulushevski ham safdan chiqqanini inobatga olib, bellashuvga reja tuzishiga to'g'ri keladi. Makkenining tarkibga qaytish ehtimoli yuqori ekanligi esa klub muxlislarini biroz xursand qilish uchun bahona bo'lib xizmat qilmoqda. Hujum chizig'ida Dibala-Moratani ko'rsak, qanotdan ularga Bernardeski yordam berishi zarur.

So'nggi bor ushbu jamoalar 2002 yil uchrashuv o'tkazgan. O'shanda "Yuventus" 1-o'rinni qo'lga kiritgan, "Veneciya" esa A Seriya bilan xayrlashgandi - so'nggi o'rin. "Keksa sinora" o'sha bahsni 2-1 hisobida o'z foydasiga hal qilgan, bu safar ham favorit turinliklar. "Yuventus" etakchilarga ancha yaqin kelib oldi. SHunday ekan, autsayder bilan bahsda ochko yo'qotish mumkin emas.


"Jenoa" - "Sampdoriya"

Andrey SHevchenkoning "Jenoa"dagi ishlari umuman yurishmayapti. Jamoa uning qo'l ostida g'alaba u yoqda tursin, gol ura olmayapti. Biroq "grifonlar" duch kelayotgan muammolarni ham unutmaslik lozim. Bu safar ham jamoaga qator kuchli futbolchilar yordam bera olmaydi. Teoretik jihatdan Sturaro va Maksimovich sog'ayib ulgurishlari mumkin, ammo asosiy tarkibda yana Pandev va Sabellani ko'rsak ajablanmang. "Sampdoriya"da esa yangi yo'qotishlar yo'q. Damsgoor hamon davolanmoqda, Torgoressa balki malum vaqt o'yin amaliyotiga ega bo'lar. Hujumda esa tajribali Kvalyarella va Gabyadinini ko'ramiz.

So'nggi o'zaro uchrashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan: 1-1. Albatta Genuya derbisi doimo muxlislar etiborida bo'lgan va murosasiz bahslar, qiziqarli vaziyatlarga boy bo'lgan. Biroq bugungi kunda jamoalarning holati optimaldan ancha yiroq. SHunday bo'lsada, "Sampdoriya" favorit hisoblanmoqda, bunga qaramay, biz SHevchenko "Jenoa"si nihoyat gol ura oladi deb o'ylaymiz.


"Verona" - "Atalanta"

Afsuski, Davidovich jarohat oldi va bu o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Frabottaning ham maydonga tusha olmasligi aniq bo'lib ulgurgan, Barak va Kalinich jamoaga yordam bera oladimi degan savol ochiqligicha qolmoqda. Kevin Lasanya asosiy tarkibda tushish ehtimoli yuqori. ECHLdan chiqib ketish "Atalanta" uchun chindan jiddiy zarba bo'ldi. Gasperini jiddiy rotaciyaga qo'l ursa, ajab emas. SHunday ekan Ilichich va Pessinani asosiy tarkibda kutish mumkin, biroq hujumning oldi chizig'ida Muriel emas Sapata tushirilsa kerak.

Oxirgi o'zaro o'yinda "Atalanta" 2-0 hisobida zafar quchgan. Hozir ham bergamoliklar favorit hisoblanmoqda, lekin taxminimizcha bu safar ularga u qadar oson bo'lmaydi. "Verona" bir necha bor kurashuvchan jamoa ekanligini ko'rsatib qo'ygan va bizni murosasiz kurash kutib turibdi.


"Sassuolo" - "Lacio"

Mezbonlar uchun xushxabar - Jeremi Boga safga qaytmoqda. Umuman olganda, agar Obyang maydonga tusha olsa, "Sassuolo"ning tarkib borasida jiddiy muammosi yo'q. "Lacio" tarkibida esa Milinkovich-Savich va CHiro Immobile uchrashuvni o'tkazib yuborishadi, bu esa rimliklar uchun jiddiy yo'qotish. SHuningdek, yarim himoyachi Pedroning ham o'yinga tayyor bo'lishi noaniqligicha qolmoqda. Bu vaziyatda Muriki va Cakanya o'zlarini qanchalik ko'rsata olishlariga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. O'ng qanot esa Laccariga ishonib topshirilsa kerak.

So'nggi bor jamoalar mavsumoldi o'rtoqlik bellashuvi o'tkazishgan va o'yin 1-1 hisobida yakunlangan. Hozir esa o'rtada uch ochko bor. Bukmekerlar "burgutlar"ni favorit sifatida ko'rmoqda, ammo bu borada fikr bildirishga shoshmagan maqul. "Sassuolo" aynan "Lacio" tipidagi jamoalarga qarshi qanday harakat qilish kerakligini yaxshi biladi. SHunday ekan, bizni nafaqat kurashlarga, balki katta ehtimol gollarga ham boy uchrashuv kutib turibdi. 


"Inter" - "Kalyari"

Himoyachi De Vrey asosiy tarkibga qaytadi, ammo o'ng qanotda muammolar bor. Darmian va Dumfris o'ynay olishmaydi. SHunday ekan Inzagida faqatgina Dimarko va D`Ambrozio variantlari qolmoqda. SHuningdek, Xoakin Korrea ham milanliklarga yordam bera olmaydi. Lautaro-Jeko duetiga alternativ variant hozircha ko'rinmayapti. Markaziy zonada o'za o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin. Bu ko'proq Sensining sport formasiga bog'liq. "Kalyari" tarkibida ham yo'qotishlar mavjud. Ladiento va Rog o'yinda ishtirok etolmaydi, Strotman esa zaxirada qoldirilsa kerak. Sobiq jamoasiga qarshi Maccari o'zining sevimli 3-5-2 taktikasida harakat qilishi kutilmoqda, bu holatda hujumda bor umid Joao Pedro va Balde Keyta juftligidan bo'ladi.

Oxirgi bor ushbu jamoalar to'qnash kelganda, bellashuv taqdirini Darmianning goli hal qilgandi. "Inter" bu safar ham ushbu juftlik favoriti hisoblanadi, ammo jamoaning taqvimi anchayin og'ir bo'lganligini unutmaslik lozim. Kim biladi deysiz, balki bu safar ham o'yin har ikki tomon uchun og'ir o'tar va barchasini bitta gol hal qilar.

SHuningdek, Eldor SHomurodov sharafini himoya qilayotgan "Roma" o'z maydonida "Speciya" bilan kuch sinashadi. 


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика