So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  5 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  40 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  30 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

Alamli mag'lubiyat yoxud "Paxtakor" guruhidagi holatga nazar Yangiliklar

Alamli mag'lubiyat yoxud "Paxtakor" guruhidagi holatga nazar

Ha, kechagi "Paxtakor"ning mag'lubiyati rostanam juda alamli bo'ldi.

Individual mahorat samarasi va o'yin yakunidagi texnik qo'pol xato "Paxtakor"ni alamli tarzda mag'lubiyatga uchratdi.

Ko'pchilik SHerzod Azamovning qo'pol xatosi qimmatga tushganini muhokama qilmoqda. To'g'ri, ushbu qo'pol xato qanchalik qimmatga tushganini barcha ko'rib bilib turibdi. Himoyachi juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Ayniqsa butun uchrashuv davomida o'z hududini mustahkam ushlagan Azamov buni hammadanam ko'ra ko'proq his etmoqda. Alamli mag'lubiyatga sababchi bo'lib qolgan himoyachiga birgina xatosi uchun barcha tanqidlar yomg'irini yog'dirishdan naf yo'q. SHu boisdan ham mazkur texnik qo'pol xato borasida ortiqcha to'xtalmoqchi emasman.

SHuningdek, Xavining mahorati evaziga "Al Sadd" mazkur qarama-qarshilikda ustunlikni taminlagani alohida etibor va etirofga loyiq. Toshkentdagi durang to'laqonli Xavi faktori bilan bog'liq. O'shanda kim kuchli o'ynagani barchaning yodida. "Al Sadd" birinchi o'yinda ham individual mahorat effekti evaziga ochko bilan ortga qaytgandi. Kechagi bahsda ham Qatar chempioni dastlab yana o'sha Xavining yuqori ijro mahoratidan foydalangan bo'lsa, ikkinchi golini texnik xato evaziga kiritdi. Qizig'i, o'sha golda ham Xavi golli uzatmani amalga oshirdi. Yani, "Al Sadd"ning "Paxtakor"dan olgan 4 ochkosi Xavi faktori bilan bog'lansa mubolag'a bo'lmaydi. CHunki "Paxtakor" darvozasiga kiritilgan 4ta golning uchtasi Xavi hisobiga yozilgan bo'lsa, Bag'dod Bunedjaning goli ispaniyalik maestroning golli uzatmasidan so'ng kiritildi.


Toshkentdagi o'yinning dastlabki bo'limi o'yin taraflama to'liq "Paxtakor" tashabbusi bilan o'tgan, tanaffusdan so'ng qatarliklar biroz o'yin tizginini nazorat qilishni uddalashgandi. Kechagi bahsda ham dastlabki bo'limda "Paxtakor" xavfli va keskin o'ynadi. Ikkinchi taymda esa "Al Sadd" to'liq tashabbus bilan harakat qildi. O'yin tashkil etish borasida "Paxtakor" nomdor raqibi qarshisida "yo'qolib" qolmadi.


Adolat yuzasidan aytadigan bo'lsak, dastlabki o'yinda "Paxtakor" g'alabaga loyiq o'ynagan, ammo yakunda durang qayd etilgandi. Qatarda kechgan bahsda "Paxtakor" mag'lubiyatga loyiq ko'rinmadi, aksincha bir ochko olishga haqli o'ynadi. Ammo durangga mos kechgan bellashuvda "Al Sadd" g'alaba qozondi.

Har doim takrorlanadigan holat, yani OCHLda legionerlar darajasi va natija keltirishi yana o'z isbotini topdi. Har ikkala bahsda ham "Al Sadd" legionerlari evaziga o'z imkoniyatidan ancha baland sakradi. Faqat birgina farqi, avval osiyo darajasidagi o'rta legionerlar bizga qarshi natija qilgan bo'lsa, bu safar nafaqat osiyoda top sanaladigan, balki jahon futbolidagi top bahoga ega futbolchilar "Paxtakor" va "Al Sadd" to'qnashuvidagi farqni yo'qqa chiqarishdi.

Quvonarli tarafi, "Paxtakor" OCHLda o'yin bobida nursiz, yaroqsiz yoki chorasiz holatda ko'rinmayapti. Har o'yindan-o'yinga shakllanish va o'sish kuzatilmoqda. To'g'ri, oxirgi ikkita bahsda "Al Sadd" legioneri, jahon futbolidagi maestrolardan biri Xavi faktori "Paxtakor"ning natijalariga putur etkazdi.

Arveladze jamoaga tadbiq etayotgan o'yin uslubi ertami-kech hali o'z mevasini beradi. Kishini xursand qiladigan tarafi, jamoa o'yinning istalgan pallasi yoki holatida o'z falsafasidan chekinmayapti. Hozircha Xavi effekti bunga to'sqinlik qilishga erishdi. Lekin Osiyoning barcha jamoalarida Xavidek ijrochi yo'q. "Paxtakor" esa o'z o'yinini shu yo'nalishda izchil davom ettiraverishi lozim. Arveladze esa Xavidek katta futbol tamini ko'rgan istemolchidan haqiqiy oshpazga aylanib ketgan futbolchining hujumchi ortida o'ynab, jamoasini raqibni dastlabki hududdayoq qanday pressing qilishga undashiga qarshi choralarni o'ylab topishiga, mazkur chigal vaziyatlarda ham kerakli echim izlashiga to'g'ri keladi.

O'zbek futbolida oxirgi yillarda o'z imzosiga ega jamoa yo'qolib qolgandi. Endi yana o'z imzosiga ega jamoa paydo bo'layotganda mazkur xatolar tasirida uni yo'qotib qo'yish yaramaydi.

Istalgan futbolchi faoliyati davomida ruy beradigan mazkur texnik qo'pol xato evaziga kelgan natija kishini ranjitdi. Lekin aslo o'yin emas.

Guruhdagi holatga etibor qaratadigan bo'lsak, mazkur mag'lubiyat "Paxtakor"ni peshqadamlikdan uchinchi o'ringa tushirib yubordi. "Al Sadd" esa 3 ochkoni qo'lga kiritib, jami 7 ochko bilan guruh etakchisiga aylandi. "Persepolis"ni mag'lub etgan "Al Ahli" hisobida esa 6 ochko mavjud. "Paxtakor" 5 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi. Keyingi turda Toshkentda mehmon bo'ladigan "Persepolis" hisobida 4 ochko mavjud. Mazkur "kvartet" quradan keyin aytilganidek haqiqiy "o'lim" guruhiga aylandi. Guruh bosqichi tugashiga 2 tur qolganida oxirgi va birinchi o'rindagi jamoalar o'rtasidagi tafovut 3 ochkoni tashkil etmoqda. SHuningdek, jamoalar o'rni ketma-ketligi bir ochkolik farq bilan ketgan.


Kechagi g'alabadan keyin "Al Sadd" o'zining guruhdagi mavqeini ancha yaxshiladi. Jezualdu Ferreyra jamoasi bir g'alaba orqali pley-off bosqichini hal etadi. "Al Ahli" va "Paxtakor" pley-off bosqichiga chiqishi uchun qolgan 2 turda kamida 4 ochko kerak bo'ladi. "Persepolis" esa guruhdan chiqishi uchun qolgan ikkita o'yinda g'alaba qozonishi talab etiladi.


OCHL, 5-tur.

"Al Sadd" - "Al Ahli" (6 may)

"Paxtakor" - "Persepolis" (6 may)

6-tur. 

"Persepolis" - "Al Sadd" (20 may)

"Al Ahli" - "Paxtakor" (20 may)


"Al Sadd"ga 3 ochko, "Al Ahli" va "Paxtakor"ga esa kamida 4 ochkodan kerak. "Persepolis" 6 ochkoga muhtojlik sezmoqda. "Paxtakor" 4 ochko olsa guruhdan chiqishni uddalashi mumkin. Buning uchun kelasi turda "Al Sadd" "Al Ahli"ni yutishi, "Paxtakor" esa "Persepolis" qarshiligini engishi talab etiladi. SHunda kelasi turdagi Saudiyadagi durang "Paxtakor" uchun etarliga aylanadi. "Paxtakor"ga 4 ochko ham etmay qolishi mumkin, qachonki jamoa o'z uyida "Persepolis"ni yutsa va "Al Ahli" Qatardan 3 ochko olsa, unda oxirgi turdagi "Al Ahli" bilan durang jamoaga kamlik qilishi  mumkin. Bu vaziyatda "Paxtakor" "Persepolis" uchun keraksizga aylanadigan bahsda eronliklar "Al Sadd"ni yutishidan manfaatdorga aylanadi. To'g'ri, "sherlar"ni 3 ochko ham guruhdan olib chiqishi mumkin. Faqatgina uning uchun boshqa o'yin natijalariga ham qarab qolinadi va bu juda qiyin scenariy. Yani, unda "Al Sadd" qolgan ikkala bahsda g'alaba qozonishi va "Paxtakor" Saudiyada "Al Ahli"ni yutishiga to'g'ri keladi. Demak, eng yaxshisi "Paxtakor" qolgan ikkala o'yinda g'alaba qozonib, hech qanday savollarga o'rin qoldirmaslik kerak.


(Suratlarni "Al Sadd" matbuot xizmati mualliflik huquqi bilan saytimizga taqdim etdi).

SHahboz Beg'amov

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика