Alaba "Real" safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi
22 iyu 2021 20:37
Yangiliklar
Alaba "Real" safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi
Madridning "Real" klubi yangi azosi David Alaba mashg'ulotlarga kirishdi.
"Qirollik klubi" chorshanba kuni avstriyalik universal o'yinchining taqdimotini o'tkazgan edi, bugun esa u jamoadagi birinchi mashg'ulotida qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, 29 yoshli futbolchi "Real"ga erkin agenti sifatida kelib qo'shildi. U bilan 5 yillik shartnoma tuzildi. Alaba "Real" sobiq sardori Ramosning 4-raqamida o'ynaydi.
Fikrlar