Alaba "Real" himoyachilariga tegishli 17 yillik "anana"ni buzdi
25 noy 2021 08:54
Yangiliklar
Alaba "Real" himoyachilariga tegishli 17 yillik "anana"ni buzdi
"Real" ECHLning 5-turida "SHerif"ni mag'lubiyatga uchratdi.
O'yinning 30-daqiqasida madridliklar himoyachisi David Alaba jarima zarbasidan hisobni ochdi.
Avstriyalik futbolchi bu orqali ECHLda 2004 yildan beri "Real"ning jarima zarbasidan gol urgan ilk himoyachisi bo'ldi. 2004 yilda Roberto Karlos CHempionlar ligasi o'yinida jarimadan gol urgan ekan.
Umuman olganda, madridliklar ushbu musobaqada 2018 yildan beri jarima zarbasidan gol urolmay kelishayotgan edi. 2018 yilning sentyabr oyida Isko "Roma" darvozasiga jarima zarbasidan to'p kiritgan ekan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar