Alaba PSJ prezidenti bilan suhbatlashdi. Parijliklar yarim himoya markazidan joy kafolatlashmoqda, "Real" esa yo'q
02 mar 2021 11:32
Yangiliklar
Alaba PSJ prezidenti bilan suhbatlashdi. Parijliklar yarim himoya markazidan joy kafolatlashmoqda, "Real" esa yo'q
Himoyachi David Alaba faoliyatini qaerda davom ettirishi hamon noaniqligicha qolmoqda.
Avvalroq futbolchi mavsum yakunlangach "Bavariya"ni tark etishini elon qilgandi.
PSJ futbolchiga aniq taklif bilan chiqib ulgurdi. SHuningdek, Alaba anchadan buyon ushbu futbolchini Franciyaga olib kelmoqchi bo'lib yurgan PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan suhbatlashdi.
PSJ Alabaga yarim himoya markazida joy kafolatlamoqda. Futbolchiga qiziqayotgan yana bir klub "Real Madrid" esa bunday variant taklif qila olmaydi, sababi ushbu nuqtada Kazemiro, Toni Kroos va boshqa bir qator futbolchilar mavjud.
Ushbu mavsum Alaba "Bavariya" safida Bundesliganing 22 uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta gol, 1 ta assist qayd etdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar