Alaba APLda qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
16 fev 2020 16:49
Yangiliklar


Alaba APLda qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
"Bavariya" himoyachisi David Alaba kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
27 yoshli avstriyalik futbolchi boshqa jamoaga o'tishga qarshi emas. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.
"Ko'ramiz, nima bo'larkin. Angliya Premer-ligasini yaxshi bilaman. U erning ko'plab jamoalari menga qiziqish bildirishgan. "Arsenal"ga yoshligimdan muxlisman. Patrik Vieyra esa sevimli futbolchim bo'lgan. To'g'ri, ko'p gapirib yubordim. Ammo o'zimni "Bavariya"dan boshqa joylarda ham tasavvur qila olaman", - dedi Alaba.
David 2009 yildan buyon klubda o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar