"Al Jazira" yurtimizga bir marta kelib g'alaba qozonib ketgan
15 fev 2015 16:03
Yangiliklar

"Al Jazira" yurtimizga bir marta kelib g'alaba qozonib ketgan
Seshanba kuni Toshkentning "Bunyodkor" klubi OCHL pley-off bosqichi doirasida BAAning "Al Jazira" klubiga qarshi maydonga tushadi.
"Al Jazira" 2009-2014 yillarda ketma-ket olti yil Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etgan. Faqat ikki bor 2012 va 2014 yillarda jamoa guruhdan chiqa olgan xolos. Har ikkala holatda ham "Jazira" 1/8 finaldan uyog'iga o'ta olmagan.
2011 yil BAA chempioni bo'lgan klub OCHLda O'zbekiston klublari bilan ikki marta to'qnash kelgan.
2012 yil "Al Jazira" Qarshining "Nasaf" klubi bilan bir guruhdan o'rin olgandi. O'shanda ikkala uchrashuvda ham arablar g'alabaga erishishgan. Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" 2:4 hisobida yutqazgandi.
BAAda o'tgan o'yinda ham "Jazira" to'rtta gol urgan, "ajdarlar" esa bir bor javob berishgan - 4:1.
"Al Jazira"ning yurtimizga ikkinchi tashrifi qanday kechishini 17 fevral kuni bilib olamiz.

Fikrlar