“Al-Jazira” o'z safiga markaziy himoyachi qo'shib oldi
03 fev 2015 01:44
Yangiliklar

“Al-Jazira” o'z safiga markaziy himoyachi qo'shib oldi
Abu-Dabining “Al-Jazira” klubi o'z safini yangi markaziy himoyachi bilan to'ldirdi.
Erik Gerets jamoasining himoya chizig'ida muammolar borligini “Al-Jazira”ning BAA chempionati doirasida o'tgan 13ta uchrashuvda o'tkazib yuborgan 26ta goli ham ko'rsatib turgandi.
Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida abu-dabiliklar BAAning amaldagi chempioni “Al-Ahli” klubining etakchisi, 33 yoshli markaziy himoyasi Bashir Said bilan shartnoma tuzdilar. Bashir Said 1998-2011 yillar mobaynida “Al-Vahda” klubi sharafini himoya qilgan. 2012 yildan etiboran u “Al-Ahli” jamoasida to'p tepib kelayotgandi.

Fikrlar