“Al-Jayish” bu safar QYUL autsayderlarining biriga mag'lub bo'ldi
18 jan 2014 23:01
Yangiliklar

“Al-Jayish” bu safar QYUL autsayderlarining biriga mag'lub bo'ldi
Bugun “Nasaf”ning OCHL-2014 pley-off uchrashuvidagi raqibi “Al-Jayish” jamoasi
QYUL navbatdagi turida turnir jadvalining so'nggi pog'onalarining birida, 13-o'rinda borayotgan “Umm-Salal” jamoasi bilan safarda kuch sinashishdi.
Avval xabar qilganimizdek bugun “Al-Jayish” jamoasini yangi murabbiy maydonga olib tushdi. U maydonga tushadigan odatdagi jamoa tarkibida ham bir qancha o'zgarishlar qildi. Asosiy darvozabon Saud Al-Xotir zahira o'rindig'ida qoldirildi va doimo zahiradan maydonga tushadigan himoyachi Abdulla Ayesh esa ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. Aynan mana shu o'yinchining qupol xatosi tufayli “Umm-Salal”ni uchrashuvdagi hisobda oldinga o'tib olishiga sabab bo'ldi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida uchrashuvdagi hisob ochildi. “Al-Jayish” jamoasining 3-raqamdagi himoyachisi Abdulla Ayesh o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi – 1:0. SHundan so'ng mehmonlar o'rtadagi hisobni tenglashtirish uchun qanchalik urinishmasin buni uddasidan chiqa olishmadi aksincha 31-daqiqaga kelib o'z darvozalaridan yana bir marta gol o'tkazib yuborishdi – 2:0. Uchrashuv birinchi bo'limi ana shu hisobda nihoyasiga etdi.
Ikkinchi bo'limda “Al-Jayish” murabbiyi tarkibda bir nechta o'zgarishlar qildi, jumladan birinchi bo'limdagi “aybdor” Abdulla Ayesh o'rniga Xolid Abdul Rauf, jamoaning franciyalik hujumchisi Kembo Ekoko o'rniga Muhammad Ahmad Jabri, braziliyalik hujumchi Vagner Ribero o'rniga esa Yusuf Muftahlar maydonga tushirildi.
O'yinning so'ngi qo'shib berilgan daqiqasi 93- daqiqadasida “Al-Jayish” jamoasi o'rtadagi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu golga jamoaning 29-raqamdagi hujumchisi Muhammad Muntari mualliflik qildi. Ammo jamoa yana mag'lubiyatga uchradi.
SHunisi diqqatga sazovorki, “Umm-Salal” jamoasini boshqarib borayotgan turkiyalik mutaxasis B.Uygun kecha bo'lib o'tgan o'yin oldi matbuot anjumanida “Al-Jayish” jamoasining hozirgi ruhiy holatida muammolar borligi va qanday bo'lmasin ushbu uchrashuvda jamoasini faqat g'alaba qilish ishtiyoqida ekanligini takidlab o'tgan edi. Ko'rib turibsizki, bu mutaxasis o'z niyatiga erishdi. Aksincha “Al-Jayish” jamoasini yangi murabbiy Adam Yusuf og'ir ruhiy holatdan olib chiqa olmadi, uning uchun debyut uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
Biz “Al-Jayish” jamoasining faoliyatini kuzatishda davom etamiz va muxlislarni bu haqda saytimiz orqali xabardor qilib borishga harakat qilamiz.
18.01.2014. QYUL, 15-tur. Suhaim Bin Hamad stadioni
“Umm-Salal” - “Al-Jayish” 2:1 (2:0)
“Al-Jayish”: 33. Axmad Sufiyon, 4.Anderson Viera Martins, 2.Murod Naji, 3.Abdulla Ayesh (Xolid Abdul Rauf, 46), 7.Vesam Rizq, 10.Kembo Ekoko (Muhammad Ahmad Jabri), 12.Majid Muhammad, 37.Seul Ki Go, 20.Vagner Ribero (Yusuf Muftah), 21.Ali Sanad, 29.Muhammad Muntari
Zahiradagilar: 92.Saud Al-Xotir, 6.Rami Fayoz, 23.Xolid Abdul Rauf, 5.Muhammad Ahmad Jabri, 11.Diyab Hasan Alinabi, 8.Yusuf Muftah.
“Al-Jayish” jamoasi ushbu mag'lubiyatdan so'ng QYUL turnir jadvalining 4-pog'onasiga tushib ketdi. Ular navbatdagi 16-turni yana safarda turnir jadvalini 2-o'rnida borayotgan “Al-Sadd” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Fikrlar