“Al Jaish” murabbiyi: “Bor etiborni “Bunyodkor” bilan o'yinga qaratamiz”
17 apr 2014 17:13
Yangiliklar
“Al Jaish” murabbiyi: “Bor etiborni “Bunyodkor” bilan o'yinga qaratamiz”
Kecha Eronda “Fulad” mehmoni bo'lgan Qatarning “Al Jaish” klubi OCHL bahsida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu mag'lubiyatdan g'azablangan mehmonlar bosh murabbiyi o'yindan keyingi matbuot anjumaniga kelmadi. Natijada uning yordamchisi Asad Al SHabi qatnashdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Jarohatlar bo'lishiga qaramay, uch nafar zaxiradagi o'yinchimiz xizmatidan foydalana oldik. Lekin tan olish kerak, “Fulad” bizga nisbatan kuchli o'ynadi va haqli g'alabaga erishdi. Endi oldimizda bitta yo'l qoldi: “Bunyodkor”ni yutib, keyingi bosqichga chiqish. Buning uchun Qatardagi uchrashuvda bor kuchni ishga solamiz. Jamoamizda 9 nafar professional futbolchi bor va ular biz xohlagandek o'yin namoyish eta olishadi”.

Fikrlar