So’nggi yangiliklar

00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  0 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  8 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

"Al Vasl" ustozi: "Paxtakor" joriy mavsum ko'p gol urmagan bo'lsa ham, kam gol o'tkazgan, yani jamoa o'yinida tartib bor" Yangiliklar

"Al Vasl" ustozi: "Paxtakor" joriy mavsum ko'p gol urmagan bo'lsa ham, kam gol o'tkazgan, yani jamoa o'yinida tartib bor"

Elit Osiyo CHempionlar Ligasi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Vasl" (BAA) uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda "Al Vasl" bosh murabbiyi Milosh Miloevich ishtirok etdi. 

- "Paxtakor"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?

- Ertaga bizni juda qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Paxtakor" tashkiliy jihatdan juda intizomli va tartibli jamoa sanaladi. Ularning o'yinlarini ko'rib chiqib shunga amin bo'ldikki, jamoa futbolchilari murabbiy ko'rsatmasini to'la-to'kis bajarishadi. "Paxtakor"ga hurmat saqlagan holda shuni aytishim mumkinki, biz ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- Jamoada kichik muammolar bor edi. Ertangi o'yin oldidan ushbu muammolar bartaraf etiladimi?

- Ha, bizda yo'qotishlar bor. Ertaga uch balki undan ko'p futbolchilar xizmatidan foydalana olmaymiz. SHunga qaramay, ular o'rnini boshqa futbolchilar bilan to'ldirib, ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Bizda saviyali o'yinchilar etarlicha. 

- Jamoaning jismoniy holati qay darajada? Sababi jamoa har 3-4 kunda maydonga tushishga majbur bo'lmoqda. 

- Biz shunday tig'iz taqvimda o'ynashga majburmiz. Lekin bu holat faqat bizda emas, balki global muammo sanaladi. SHunday ekan, jamoa keyingi o'yinga juda tez fursatda tayyorgarlik ko'rishi kerak. To'g'ri, taqvim tig'iz, lekin tez-tez futbol o'ynab turish futbolchilarning o'ziga ham yoqadi. 

- Jamoalarning transfer qiymati va boshqa jihatlar bo'yicha tavofut katta. "Al Vasl" bu borada qog'ozda sezilarli ustunlikka ega. Bu jamoangizning kuchliligidan darak beradimi?

- Agar siz aytayotgan jihatlar bo'yicha favorit hisoblansak, bundan xursandman. Ammo hozirda ko'pchilik Transfermarkt'dagi narxi va boshqa ko'rsatkichlariga qiziqib qolgan, yani ko'pchilik futbolga tashqaridan qaraydi. Bunday etirofdan xursandman, lekin jamoamni yaqqol favorit deb hisoblamayman. Jamoaning CHempionlar Ligasidagi oxirgi o'yinlarini ko'rib, shunday xulosaga kelish mumkinki, ular, ayniqsa, o'z maydonida ko'p jamoaga boshog'riq tug'diradi. Transfer narxi bir jamoani ikkinchisidan yaqqol favorit qilib qo'ymaydi.

- "Paxtakor"ning o'tgan mavsumdagi o'yinlari haqida gapirdingiz, biroq jamoa joriy mavsum jamoani yoshartirish yo'lidan yurmoqda. Bunga qanday qaraysiz? Yosh jamoaga qarshi qanday o'yin taklif qila olasiz?

- To'g'ri, jamoaning o'tgan yilgi va hozirgi o'yinlarini solishtirganda, farq ko'zga tashlanadi. Biroq jamoada yaxshi avlod etishib chiqmoqda. Yosh jamoaga qarshi o'ynashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Masalan, "Paxtakor" joriy mavsum ko'p gol urmagan bo'lsa ham, kam gol o'tkazgan, yani jamoa o'yinida tartib bor. SHu jihatlar bizga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin biz qanday jamoaga qarshi maydonga tushishimizdan qati nazar, dastlabki daqiqalardan o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qialmiz. 

- Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadi nimalardan iborat?

- Biz o'tgan yili bu erga kelishga, yani OCHLda ishtirok etishga arziydigan natija ko'rsatdik. Biz bunga haqlimiz. O'yindan o'yinga kuchayib, har bir o'yinda ijobiy natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Qanday musobaqada ishtirok etmaylik, o'z o'yinimiz orqali 3 ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика