"Al Sadd" ustozi: "Nasaf" kuchli jamoa"
05 dek 2023 00:45
Yangiliklar
"Al Sadd" ustozi: "Nasaf" kuchli jamoa"
"Al Sadd" hamda "Nasaf" o'rtasidagi OCHLning guruh bosqichi 6-tur o'yinidan (2:2) mezbonlar ustozi Vissam Rizq ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Afsuski, omadimiz kelmadi. Biz g'alaba qozonamiz deb umid qilgandik, ammo buni uddalay olmadik va durangga erishdik. Hozir guruhda ikkinchi o'rinni egallab turibmiz va boshqa guruhlardagi natijalarni kutishga majburmiz. Biz imkonimiz darajasida harakat qildik, biroq muvaffaqiyatga erisha olmadik. Futbolchilar ko'p ter to'kishdi va jangovar o'yin namoyish etishdi. Bu o'yindagi durangni ko'proq mag'lubiyatga teng deyish mumkin. "Nasaf" kuchli jamoa, shunga qaramasdan, g'alabaga yaqin edik, xavfli vaziyatlar sodir etdik, ammo omad bizga kulib boqmadi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar