"Al Sadd" Messiga 1 mlrd evro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qildi
06 avg 2021 20:15
Yangiliklar
"Al Sadd" Messiga 1 mlrd evro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qildi
Qatarning "Al Sadd" klubi erkin agent maqomida bo'lgan argentinalik hujumchi Lionel Messini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.
"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklar hamda bitim La Liga reglamentiga mos kelmasligi tufayli 34 yoshli forvard bilan yangi shartnoma imzolay olmadi.
Malumotlarga ko'ra, Qatar klubi Messiga 1 milliard evro evaziga 3 yillik shartnoma taklif qilgan. Argentinalik futbolchi "Barsa"da o'tgan bir yil davomida shartnoma bo'yicha 92 million dollar ishlab topgan.
Eslatib o'tamiz, "Al Sadd"ga Messining "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Xavi murabbiylik qiladi.
Fikrlar