"Al Sadd" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
22 iyu 2020 17:41
Yangiliklar


"Al Sadd" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorlaga Qatar klubi qiziqmoqda.
"Al Sadd" 35 yoshli xavbekning transferi borasida taklif tayyorladi. O'yinchining xizmatlariga jamoa bosh murabbiyi Xavi qiziqish bildirmoqda.
Kasorla joriy mavsum "Vilyarreal" libosida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.
Futbolchi "Vilyarreal"ga qadar "Rekreativo", "Malaga" va "Arsenal" jamoalari sharafini himoya qilgan. Xavbek 2008 yildan beri Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Takidlash kerakki, Xavi aynan yana bir ispaniyalik futbolchi Gabining "Al Sadd"dan ketishi ortidan Kasorlani jamoaga jalb qilmoqchi. Gabi esa kelasi mavsum "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simoenega yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini boshlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar