"Al Qodisiya" - OFK kubogi-2014 sohibi
19 okt 2014 09:47
Yangiliklar
"Maktum bin Rashid Al Maktum" stadionida Iroqning "Arbil" hamda Quvaytning "Al Qodisiya" klublari to'qnash kelishdi.
Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha taymlarida ikkala jamoaga ham gol ura olishmadi. Penaltilar seriyasida esa omad "Al Qodisiya"ga kulib boqdi - 4:2. SHunday qilib, Quvayt klubi o'z tarixida uchinchi bor musobaqa finalida o'ynab ilk bor chempion bo'ldi. Takidlash lozimki, ketma-ket uchinchi yil ushbu kubok Quvaytga yo'l olmoqda. O'tgan ikki yilda OFK kubogi "Al Quvayt" klubiga nasib etgandi. Yodingizda bo'lsa, 2011 yil bu musobaqada Qarshining "Nasaf" klubi tengsiz bo'lgandi.
"Al Qodisiya"ning 24 yoshli hujumchisi Saif Al Xashan final uchrashuvi va bu yilgi OFK kubogining eng foydali o'yinchisi deb topildi.
Musobaqa to'purari sovrini esa Gonkongning "Kitchi" klubi vakili Xuan Belenkosoga nasib etdi. 33 yoshli ispaniyalik hujumchi bu mavsum OFK kubogida 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
OFK kubogi-2014
Final. 18 oktyabr.
Dubay. "Maktum bin Rashid Al Maktum" stadioni. 5240 tomoshabin
"Arbil" (Iroq) - "Al Qodisiya" (Quvayt) 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)
Bosh hakam: Kim Dong Jin (J.Koreya)

Fikrlar