"Al Nacsr" endi Aleks Tellesga e'tibor qaratdi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 18:01
"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Al Nassr" "Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Tellesga qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, "Al Nassr" Ahmad Musa oldidagi qarzi tufayli qo'yilgan taqiqqa qaramay, yangi futbolchi bilan shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda.

Aleks Telles 2020 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. 30 yoshli braziliyalik o'tgan mavsumni ijara asosida "Sevilya"da o'tkazdi. Avvalroq uning "Manchester Yunayted"dagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bo'lgan, u esa yanvar oyidan beri "Al Nassr"da o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail