Tellesga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda

Alisher
1 avg 2022
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles ushbu transfer oynasida jamoadan kyetishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, braziliyalik sobiq klubi "Portu"ga qiziq emas, ammo "Sevilya"ga yo'l olishi mumkin.

"Manchester Yunayted" ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor. Angliya klubi hech bo'lmasa braziliyalik maoshining bir qismini to'lasa, "Sevilya" bitimni amalga oshirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Manchester Yunayted"ga 2020 yilning yozida "Portu"dan o'tgandi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano