So’nggi yangiliklar

15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  16 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  15 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10

“Al-Muharraq” haqida nimalarni bilamiz? Klub qachon tashkil topgan? Yangiliklar

“Al-Muharraq” haqida nimalarni bilamiz? Klub qachon tashkil topgan?

Teglar :  Al Muharraq
"Nasaf"ning bugungi raqibi haqida malumotlar.

"Al-Muharraq Sport Klub" - 1928 yilda tashkil topgan. Bu klub Bahayrning eng moliyaviy tomondan baquvvatt jamoalaridan biri hisoblanadi. Klub tizimida futzal, basketbol, voleybol, gandbol kabi sport turlari ham faoliyat ko'rsatadi. Umuman olganda, “Al-Muharraq” Bahrayning yuzi bo'lgan jamoa hisoblanadi. 

Sovrindor jamoa

Diqqat qiling, “Al-Muharraq” 34 marotaba Bahray mamlakati chempioni bo'lgan. Bundan tashqari,  33 marotaba esa mamlakat kubogi sohibiga aylangan. 2012 yilda  “Ko'rfaz” CHempionlar ligasi bosh sovriniga ham sazovor bo'lgan. 2008 yilda esa OFK kubogi g'olibligini qo'lga kiritgan. Xalqaro maydonda to'p tepish bo'yicha katta tajriba to'plagan jamoa hisoblanadi. 

OFK kubogi-2021 ishtiroki

“Nasaf”ning bugungi raqibi “Al-Muharraq” OFK kubogi-2021 bahslarini «B» guruhida “Salt” (Iordaniya), “Al-Ansar” (Livan) va “Markaz Balata” (Falastin) jamoalariga qarshi to'p tepdi. Mazkur bellashuvlar Iordaniya mamlakatida o'tkazildi. “Al-Muharraq” klubi guruh bosqich doirasida ikki g'alaba – “Al-Salt” (1:0) va “Al-Ansar” (3:1)  hamda bir mag'lubiyat “Markaz Balata” (2:3) bilan peshqadamlikni qo'lga oldi. CHorak finalda Livanning “Al-Ahad” (3:0) ishonchli mag'lub etildi. Yarim finalda esa Quvaytning “Quvayt SK” klubini 2:0 hisobida mag'lub etgan holda finalga yo'llanma olgandi. 

Malumot tariqasida

2016 yilda hozirgi kunda AGMK klubi sharafini himoya qilayotgan SHohruh Gadoev kutilmaganda “Al-Muharraq”ga yo'l olgandi. O'shanda ko'pchilik SHohruhni Toshkentning ikki grand jamoalari – “Paxtakor” yoki “Lokomotiv”ga yo'l olishini kutgandi. Biroq Gadoev legioner sifatida to'p teppishni istagan va Bahrayn klubiga ko'chib o'tgandi. 

“AL-MUHARRAQ”

Tashkil topgan sana: 1928 yil

Uy stadioni: “Al-Muharraq Stedium” (cig'imi – 20.000)

Bosh  murabbiy: Isa Sadoon Al Hamdani

Yutug'i: Bahrayn Premer-ligasi g'olibi (34 marta), Bahrayn Qirol kubogi sohibi (33 marta), Bahrayn FA kubogi sohibi (5 marta), Bahrayn shahzodasi kubogi (5 marta), Bahrayn Superkubogi g'olibi (3 marta), OFK kubogi (2008) va “Ko'rfaz” CHempionlar ligasi g'olibi (2012).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика