“Al-Jayish” peshqadamni mag'lub etdi, Rashidov o'ynamadi
21 mar 2016 15:17
Yangiliklar


“Al-Jayish” peshqadamni mag'lub etdi, Rashidov o'ynamadi
Qatar Yulduzlar ligasining 23-tur markaziy uchrashuvida musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilayotgan “Al-Rayyan” hamda hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al-Jayish” klublari o'zaro to'qnash keldi.
Ushbu o'yinda “Al-Jayish” kuchli raqibini 2:1 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Hamdalloh (54-pen) va Romarino (64) kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. “Al-Rayyan”dan yagona javob to'pini 51-daqiqada Tabata penaltidan kiritdi.
Ushbu uchrashuvda Sardor Rashidov zaxirada qoldirildi. Bu g'alabadan so'ng “Al-Jayish” 43 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. “Al-Rayyan” esa 61 ochko bilan karvonboshilikni davom ettiryapti. Endi Rashidov terma jamoamiz yig'iniga qo'shiladi. Aynan uning chiroyli goli evaziga Qatar klubi "Nasaf" jamoasini OCHL 3-turi doirasida mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar
12:44
Yassin Bunu yoki Roberto Firmino. Mart oyi boshida O'zbekistonga qaysi futbol yulduzlari keladi? 30

Fikrlar