"Al Ittihod" va "Al Hilol" Saloh transferi uchun 80-100 mln evro to'lashi mumkin
07 dek 2025 14:43
Yangiliklar
"Al Ittihod" va "Al Hilol" Saloh transferi uchun 80-100 mln evro to'lashi mumkin
Saudiyaliklar 33 yoshli futbolchining transferi uchun mersisaydliklarga 80-100 mln evro taklif qilishi mumkin.
Manbaga ko'ra, misrlik vingerni sotib olishga MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda, ammo moliyaviy shartlar bo'yicha Saudiya Arabistoni jamoalari bilan raqobatlashish qiyin.
Avvalroq Saloh "Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot bilan munosabatlari yomonlashgani, shuningdek, hozirgi vaziyatda o'zini aybdor his qilayotganini takidlagandi.
Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol va uchta assist muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Реал" Арбелоанинг дебютида Сегунда клубига мағлуб бўлиб, Испания кубоги билан хайрлашди!
Испания Кубоги. "Барселона" "Расинг" тўсиғидан қийналиб ўтди, мезбонларнинг икки голи инобатга олинмади
Кроос "Барселона" ҳақида: "Улар ҳеч қандай халқаро соврин юта олишмайди"
Полиция Винисиусга банан отган мухлисни қидирмоқда
Fikrlar