“Al Ittihod” 20 000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi
02 apr 2016 17:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203477_original.jpg)
![](/upload/storage/203477_220.jpg)
“Al Ittihod” 20 000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi
Bunga sabab shu yilning 1 martida o'tkazilgan “Al Ittihod” – “Lokomotiv” uchrashuvining oxirlarida maydonda bahsli vaziyat yuzaga kelgandi. Mezbonlar legioneri Salli Muntari “Loko” yarim himoyachisi Quvondiq Ro'zievni atayin ikki-uch marta tepgan bo'lishiga qaramay, hakam unga hech narsa demagan, natijada bu hol futbolchilarimizni asabiylashishga majbur qilgandi.
Keyin esa tribunada o'tirgan muxlislar tomonidan ham tartibsizliklar kelib chiqqan bo'lib, maydonga hatto baklashka va yana boshqa narsalarni otishgandi. Hatto suv solingan baklashkalardan biri Kaxi Maxaradzening elkasiga tekkandi.
O'yindan so'ng OFK tartib-intizom qo'mitasi mazkur holatni sinchiklab o'rganib chiqdi va mezbon jamoa “Al Ittihod”ga jarima solishni lozim topdi. Bundan tashqari, jamoa o'zining navbatdagi uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar