"Al Hilol"ga qarshi bahs Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinmaydigan bo'ldi – "Navbahor" PFK
17 sen 2023 19:44
Yangiliklar
"Al Hilol"ga qarshi bahs Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinmaydigan bo'ldi – "Navbahor" PFK
Biroz avval, klub "Al Hilol"ga qarshi o'yin Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinishini malum qilgandi. Biroq, bazi muammolar sabab uchrashuv monitor orqali namoyish qilinmaydigan bo'ldi.
"Avvalroq, klubimizning rasmiy telegram kanali orqali jamoamizning ertaga “Al-Hilol”ga qarshi kechadigan bahsini “Markaziy” stadionidagi katta monitorda jonli efirda namoyish etish rejalashtirilayotgani va bu borada ishlar olib borilayotgani to'g'risida xabar berilgandi.
Ammo, uchrashuv videoyozuvini Saudiya Arabistonidan olishda qiyinchiliklar yuz berishi, o'yin translyaciyasi borasida ayrim texnik muammolar yuzaga kelganligi, qolaversa, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da namoyish etilishi, bu esa ko'pchilik muxlislarga qiyinchilik tug'dirishini inobatga olgan holda, mazkur o'yin “Markaziy” stadionidagi katta monitorda jonli efirda namoyish etilmaydigan bo'ldi", -deyiladi "Navbahor" PFK bergan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, “Al-Hilol” – “Navbahor” o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.
"Al Hilol" – "Navbahor" o'yini Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinadi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar