

Bu yo'ldagi ilk raqib esa Saudiya Arabistoning nomdor futbolchilariga ega "Al Hilol" jamoasi.
"Lochinlar" Ar-Riyodda mehmon bo'ladigan O'zbekistonning oltinchi klubi hisoblanadi. Bungacha "Mashal", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", OKMK "Al Hilol" bilan mehmonda kuch sinashishgan va ortga g'alabasiz qaytgan. Faqatgina ikki klub "Al Hilol"dan safarda ochko olishni uddasidan chiqqan . Bular - "Lokomotiv" va OKMK.
Ma'lumot uchun, "Al Hilol" - "Navbahor" uchrashuvi 18 sentyabr kuni 23:00da start oladi.
"Al Hilol"ning o'z maydonida O'zbekiston klublariga qarshi o'tkazgan o'yinlari:
"Al Hilol" - "Mashal" 5:0
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0
"Al Hilol" – "Bunyodkor" 3:0
"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0
"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:0
"Al Hilol" – "Lokomotiv" 3:1
"Al Hilol" – "Paxtakor" 4:1
"Al Hilol" - "Lokomotiv" 0:0
"Al Hilol" - "Paxtakor" 2:1
"Al Hilol" - OKMK 2:2
"Navbahor" bu yoqimsiz ananani to'xtatishiga umid qilib qolamiz!



