"Al Hilol" Neymar eng kamida bir oyga safdan chiqqanini tasdiqladi
06 noy 23:49
Yangiliklar
"Al Hilol" Neymar eng kamida bir oyga safdan chiqqanini tasdiqladi
Futbolchining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.
"Al Hilol" klubi futbolchisi Neymar Elit OCHL doirasida "Istiqlol"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Braziliyalik futbolchining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. "Al Hilol" bergan bayonotga ko'ra Neymarning tiklanishiga eng kami bilan 4-6 hafta vaqt ketadi. Tekshiruvlarga ko'ra Neymar soni mushaklarini jiddiy jarohatlab olgan.
Malumot uchun, "Al Hilol" o'tgan yili avgust oyida Neymarni PSJdan 90 mln evro evaziga sotib olgandi. Neymarning yillik maoshi 160 mln evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
09:37
Sofascore. Kechagi uchrashuvda Husniddin Aliqulovning harakatlari necha bahoga loyiq ko'rildi? 3
Fikrlar