"Al Hilol" Mitrovich transferini hal qilishga yaqin turibdi
16 avg 2023 21:35
Yangiliklar


"Al Hilol" Mitrovich transferini hal qilishga yaqin turibdi
"Fulxem" to'purari Osiyo tomon yo'l olmoqda.
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi Alensandar Mitrovich transferini hal qilishga yaqin turibdi. "Fulxem" klubi ushbu transferga rozilik berishi bilan barchasi rasmiylashtiriladi.
Mitrovichning o'zi allaqachon arab klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib qo'ygan. Transfer esa bir necha soatlar ichida amalga oshishi kutilmoqda.
Malumot uchun, avvalroq "Al Hilol" Mitrovich uchun "Fulxem"ga 40 mln evro taklif qilgandi. Hozirda futbolchi uchun to'lanadigan narx 55-60 mln evroga etgan.
Malumot uchun, "Al Hilol" bundan avval Ruben Nevesh, Neymar, Malkom va Sergey Milinkovich-Savich kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar