"Al Hilol" - "Bunyodkor". To'rt yil oldingi tarkibdan kimlar qolgan?
14 may 2014 14:01
Yangiliklar
"Al Hilol" - "Bunyodkor". To'rt yil oldingi tarkibdan kimlar qolgan?
Bugungi o'yin “Bunyodkor” uchun “Al Hilol”ga qarshi uchinchi to'qnashuv bo'ladi.
Ikkinchi o'yin bir hafta oldin Toshkentda o'tkazildi. Birinchi uchrashuv esa 2010 yilning may oyida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda ham jamoalar OCHL 1/8 final bosqichi doirasida duch kelishgan va bitta o'yindan iborat bahsda “Al Hilol” 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Hozir esa pley-off bosqichi ikkita uchrashuvdan iborat. Toshkentdagi o'yinda “Bunyodkor” kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Endi bo'lsa safarda faqat g'alaba qozonish talab etiladi. Bundan to'rt yil oldingi bahsni yodga oladigan bo'lsak, “Bunyodkor”ning o'sha tarkibidan hozir jamoada uch kishi qolgan ekan - Murod Zuxurov, Anvar G'ofurov va Sahob Jo'raev. “Bunyodkor”ning hozirgi sardori Xayrulla Karimov ham to'rt yil muqaddam Ar Riyodga borgan, biroq u maydonga tushmay, zaxirada qolib ketgan.
Bundan tashqari, Saudiyadagi o'yinda Rivaldo, Joao Viktor, Jasur Hasanov, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Viktor Karpenko, Anvar Soliev singari futbolchilar to'p tegan bo'lishiga qaramay, jamoa gol ura olmasdan yirik hisobda yutqazgan. Raqib safida Majid Al Marshadi, Kristian Vilgelmsson va Tyago Neves gol muallifi bo'lishgan. Hozir shu futbolchilardan “Al Hilol”da faqat Tyago Neves qolgan.
O'sha o'yinda to'p tepgan futbolchilardan Muhammad Al Deayya, Li Yong Pyo, Xolid Aziz, Migel Radoy, Umar Al G'amdi kabilar bugungi kunda “Al Hilol” safida emaslar. Ammo Muhammad Al SHlhub bilan Yosir Al Qahtoni hamon jamoa tarkibida o'ynashda davom etmoqda. Quyida to'rt yil oldingi bahs protokolini eslatma tarzida keltirib o'tamiz.
OCHL. 1/8 final. 12 may, 2010 yil
“Qirol Fahd” stadioni. 52 129 tomoshabin
“AL HILOL” - “BUNYODKOR” - 3:0
“Al Hilol”: Muhammad Al Deayya, Li Yong Pyo, Osama Xavsavi, Majid Al Marshadi, Abdulloh Al Zori, Kristian Vilgelmsson, Xolid Aziz, Migel Radoy, Muhammad Al SHlhub, Tyago Neves, Yosir Al Qahtoni.
Zaxiradan tushganlar: Abdullatif Al G'annam, Navaf Al Obid, Umar Al G'amdi.
Bosh murabbiy: Erik Geretc (Belgiya)
“Bunyodkor”: Murod Zuxurov, Anzur Ismoilov, Anvar G'ofurov, Sahob Jo'raev, Rivaldo, Joao Viktor, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Viktor Karpenko, Jasur Hasanov, Anvar Soliev.
Zaxiradan tushganlar: Timur Kapadze, SHavkat Salomov.
Bosh murabbiy: Luis Felipe Skolari (Braziliya)
Gollar: Majid Al Marshadi, 10. Vilgelmsson, 56. Tyago Neves, 60.
Hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya).
X.Xoliqov.

Fikrlar