So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

"Al Hilol" bosh murabbiyi Rezvan Luchesku: "Paxtakor - kuchli jamoa, lekin biz ertangi o'yinga tayyormiz" Yangiliklar

"Al Hilol" bosh murabbiyi Rezvan Luchesku: "Paxtakor - kuchli jamoa, lekin biz ertangi o'yinga tayyormiz"

"Paxtakor" ertaga Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Al Hilol" - "Paxtakor". SHota Arveladze va Egor Krimec ishtrokidagi o'yinoldi matbuot anjumani

Malumki, Osiyo chempionlar ligasining keyingi turlari markazlashgan tartibda Qatar poytaxti Dohada tashkil etiladi. "Paxtakor" ertaga 3-tur bahsini Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga qarshi o'tkazadi. Bugun o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Al Hilol" bosh murabbiyi Rezvan Luchesku savollarga javob qaytardi. Ruminiyalik murabbiyga jamoa darvozaboni Abdulloh Al Muayuf hamrohlik qildi.


Rezvan Luchesku: - "Osiyo chempionlar ligasi yana qaytganidan xursandmiz. Bu erga kelishdan oldin Saudiya Proligasida bir nechta o'yin o'tkazib, yakunda chempionlikni qo'lga kiritdik. Jamoada barchaning kayfiyati yuqori. Hammamiz yana bir bor OCHL g'olibligini qo'lga kiritish maqsadida tashrif buyurganmiz". 

"OCHLda karantindan keyingi ilk uchrashuvni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazamiz. Pandemiya paytida har ikki jamoa oson bo'lmagan kunlarni boshdan o'tkazyapti deya olaman. SHunga qaramay "Paxtakor" bilan o'yinga tayyormiz. Jamoamizda kasal futbolchilar bor, lekin ularning o'rnini to'ldira oladigan boshqa futbolchilarga ham to'liq ishonaman".

Abdulloh Al Muayuf: "Jamoamiz Osiyo chempionlar ligasiga tayyor deb o'ylayman. Alohida mashqlar o'tkazayotganimiz yo'q. Saudiya Arabistoni chempioni bo'lganimiz bizga muhim o'yinlar oldidan ishtiyoq beradi. "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinni kuchli o'tkazishimiz kerak. Maqsadimiz esa bitta: yana OCHLda g'olib chiqish. Jamoada barchamiz ahil bo'lib ishlayapmiz. Ertangi o'yinga tayyormiz".

 

- Jamoaning jismoniy holati haqida nima deya olasiz? 

R.Luchesku: - "Hammasi joyida. Saudiya Arabistoni chempionatidagi oxirgi turlardan keyin toliqib qoldik deb o'ylamayman. Dohaga kelib koronavirusga qarshi test topshirdik va besh nafar futbolchimizda tahlil ijobiy natija berdi. Ammo bizda yaxshi tarkib yig'ilgan va boshqa futbolchilar kasallanganlar o'rnini to'ldira oladi. Ertangi o'yin uchun 20 nafar eng yaxshi futbolchini aniqlab olamiz. Tarkib borasida "Paxtakor"ga syurpriz tayyorlab qo'yganmiz desam ham bo'ladi".

- "Paxtakor" haqida fikringiz? Bu jamoa safida qaysi futbolchi sizga boshog'riq bo'la oladi? 

R.Luchesku: - "Guruhdagi vaziyatdan kelib chiqib gapiradigan bo'lsam, har ikki jamoa hisobida 6tadan ochko bor. Bundan ko'rinib turibdiki, "Paxtakor" - kuchli raqib, lekin biz ham o'yinga tayyormiz. Ertaga guruhning eng kuchli ikki jamoasi o'zaro bahs olib boradi. 

"Paxtakor" futbolchilaridan kimnidir alohida ajratib ko'rsata olmayman. Raqib jamoa sifatida yaxshi harakatlanadi. Ularning bir nechta o'yinlarini ko'rdik va raqibni o'rgandik". 

"Kimnidir kamsitish niyatim yo'q, lekin shuni aytishim mumkin, Saudiya Arabistoni chempionati O'zbekiston Superligasiga qaraganda kuchli hisoblanadi va biz har turda kuchli raqiblar bilan o'ynaymiz. Bir so'z bilan aytganda bizda qiyin o'yinlar ko'p. "Paxtakor" esa kurashga boy o'yinlarni nisbatan kam o'tkazadi. Lekin bu gapim "Paxtakor"ni kuchsiz qilib ko'rsatmaydi. Futbolda har bir raqibni hurmat qilish kerak". 

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика