So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

“Al-Faysali”ga yangi murabbiy keldi va ikki futbolchi bilan xayrlashdi Yangiliklar

“Al-Faysali”ga yangi murabbiy keldi va ikki futbolchi bilan xayrlashdi

“Nasaf”ning OCHL-2018 pley off bosqichidagi raqibi Iordaniyaning “Al-Faysali” klubi 8-18 yanvar kunlari Turkiyada yig'in o'tkazishga qaror qilgan.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Klub 30 dekabr kuni yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi. Serbiyalik 39 yoshli mutaxasis Ivan Gvozdenovich endi klubning bosh murabbiyi hisoblanadi. U xorvatiyalik Dragan Talajichni almashtirgan.


Suratda: Ivan Gvozdenovich o'ngdan birinchi

Klubga oid xabarlardan yana biri, “Al-Faysali”  liviyalik legioner futbolchisi Akram Zui bilan xayrlashgan. Bu legioner futbolchi FIFA tomonidan jazolangan 5 futbolchining biridir. SHuningdek klub Muxammad Al Alun bilan ham shartnomani bekor qilgan. SHunday qilib, “Al-Faysali” FIFA tomonidan jazolangan o'z futbolchilari bilan birin-ketin xayrlashmoqda. Hozircha jamoa ixtiyorida ikki legioner futbolchi bor, bular senegallik Dominik va polshalik Lukas. “Al-Faysali”  tez kunlarda ushbu futbolchilari bilan ham xayrlashishi mumkin. CHunki, murabbiylar bir qancha futbolchilarni ayni kunlarda nazoratdan o'tkazishmoqda.

SHuningdek klub bir qator mahalliy fubolchilarni o'z tarkibiga qo'shib ham olgan.

Eslatib o'tamiz, OCHL-2018 pley-off doirasidagi “Nasaf” – “Al-Faysali” uchrashuvi, 30 yanvar kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 16:00da boshlanadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика