Al-Faysali klubi bosh murabbiyi Talajich istefo berdi
16 dek 2017 08:19
Yangiliklar
Al-Faysali klubi bosh murabbiyi Talajich istefo berdi
Nasafning OCHL-2018 pley-off bosqichidagi raqibi – Iordaniyaning Al-Faysali klubi, mamlakat kubogining yarim finali dastlabki uchrashuvini Al-Jazira jamoasiga qarshi o'tkazdi va mag'lub bo'ldi.
Bu mag'lubiyat, «Al-Faysali» klubini final yo'llanmasini qo'lga kiritishini og'irlashtirdi.
Kecha bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvdan keyin matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Matbuot anjumanida kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Jamoaga shu yilning sentyabr oyida murabbiy bo'lib kelgan xorvatiyalik mutaxasis Dragan Talajich, o'z istefosini elon qildi. Bu istefo klub rahbariyati tomonidan qabul qilindi.
Klub rasmiy saytida jamoaga kim murabbiylik qilishi haqida xabar berilgani yo'q.
Demak, «Al-Faysali» Qarshiga yangi murabbiy bilan tashrif buyurishi mumkin. Hozircha jamoaga kim murabbiylik qilishi rasman elon qilingani yo'q.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar