"Al Duhail" Toshkentga kelishdan oldin Qatar chempioniga aylandi
10 mar 2018 16:10
Yangiliklar
"Al Duhail" Toshkentga kelishdan oldin Qatar chempioniga aylandi
Kecha Qatar Yulduzlar ligasida 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi "Al Duhail" klubi safarda "Al Xaraytiat"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi va chempionat tugashiga ikki tur qolganida muddatdan avval Qatar chempioni bo'ldi. Bunga ikkinchi o'rindagi "Al Sadd"ning safarda "Umm Salal"ga yutqazib qo'ygani (1:2) ham sabab bo'ldi.
"Al Duhail" dushanba, 12 mart kuni Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi.
Malumot uchun, "Al Duhail" klubi o'tgan mavsum "Al Jayish" va "Lahviya" klublarining birlashuvdan so'ng tuzilgan.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar