So’nggi yangiliklar

13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  0 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  3 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  17 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  12

“Al Ayn” klubi haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

“Al Ayn” klubi haqida nimalarni bilamiz?

Teglar :  OCHL-2016Al Ayn
BAAning “Al Ayn” klubi OCHLning chorak finali javob uchrashuvida Toshkentda “Lokomotiv” jamoasi mehmoni bo'ladi.

CHorak finalning ilk bahsida tomonlar nursiz durang qayd etishgandi. Bu bilan “temiryo'lchilar” minimal vazifani bajarishdi. Endi ikkala jamoa xam bor etiborlarini Toshkentdagi o'yinga qaratishgan. Ushbu o'yinda qaysi jamoa mag'lub bo'lsa ham o'z yurishini shu bosqichda to'xtatadi. G'olib bo'lgan jamoa esa yarim finalda paralel ravshdagi o'yinda g'olib bo'lgan raqib jamoani kutib oladi. Xullas, bugun “Lokomotiv” jamoasini o'z uyida “Al Ayn” ustidan kichik hisobda qozonilgan g'alaba ham qoniqtiradi. Biz bugun “Al Ayn” klubi haqida malumotlar to'plashga qaror qildik.



Laqabi: Al-Zaeem (Boss)
Asos solingan yili: 1968  
Stadioni:  "Hazza bin Zayd"
Sig'imi: 25 500
Prezidenti: Muhammad bin Zayid
Bosh murabbiy: Zlatko Dalich (Xorvatiya)
Jamoa sardori: Umar Abdulrahmon
Ishtirok etadigan musobaqasi: BAA chempionati
Yutuqlari: BAA chempioni (12) 1976/77, 1980/81, 1983/84, 1992/93, 1997/98, 2001/02, 2002/03, 2003/04, 2011/12, 2012/13, 2014/15.
BAA kubogi sohibi: (5) 1999, 2001, 2005, 2006, 2009
BAA super kubogi sohibi: (3) 1995, 2003, 2009
Klublar o'rtasida fors ko'rfazi kubogi sohibi: (1) 2001
OCHLdagi yutuqlari: (1) 2003

Taniqli futbolchilari: Aleks Brosk, Surxio Berta, Xose Sand, Andre Dias, Dodo, Mishel Bastos, Tite, Edilson, Asamoa Gyan, Abedi Pele, Abdul Razzoq, Xossam Hassan, Nashat Akrom, Xavar Mulla Muhammad, Farxad Majidi, Jires Kembo-Ekoko, Nikolas Alnuji, Maurisio Molina, Abdul Qodir Keyta, Babakar Sanogo, Kandya Traore, Sufian Alludi, Rashid Daudi, Mastafa Xaji, Alberto Blanko, Luis Tejada, Roberto Akunya, Mirel Redoy, Bay Jibi Fall, Nenad Estrovich, Skander Suayya va Xorxe Valdiviya.

Taniqli murabbiylari: Amarildo (1991 - 1993), Anri Mishel (1995), Angel Yordenesku (2001-2002, 2006), Bryuno Metsyu (2002-2004), Alen Parren (2004), Milan Machala (2005-2006), Valter Dzenga (2007), Tite (2007-2008), Vinfrid SHefer (2008-2009), Tonino Serezo (2009-2010), Aleshandre Gallo (2010-2011), Kosmin Oleroyyu (2011-2013), Kike Sanches Flores (2013-2014), Zlatko Dalich (2014-hozir ham).



“Al Ayn” futbol klubi 1968 yili Dubayning Al Ayn, Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan. “Al Ayn” BAAning eng yaxshi jamoasi bo'lishga harakat qildi. “Al Ayn” raxbariyati futboldan tashqari ushbu nom bilan voleybol, basketbol, gandbol, engil atletika, suzish va bir qancha sport turlarida o'z jamoasini ochgan. Ushbu jamoalar oldiga dunyoda eng yaxshi klub nomiga va o'z o'rniga ega bo'lish vazifasi qo'yiladi. “Al Ayn” klubi o'zining 3 ta uy uchrashuvlarini o'tkazadigan jahon standartlarga javob beradigan stadionlarga ega. Bular, “Xalifa bin Zoid”, “Taxnun bin Muhammad” va 25 000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan “Xazza bin Zaid”. “Al Ayn” klubining kabinetidan ichki chempionat, xalqarova ko'rfaz kubogi va OCHLning bosh sovrinlarini ham joy olgan. SHuningdek “Al Ayn” prezident kubogini 6 bor, superkubokni 5 bor, Abu-Dabi chempionat kubogini 2 bor, Emirat ittifoq kubogini 3 bor qo'shma liga kubogini esa 1 bor qo'lga kiritgan.



“Al Ayn” OCHLning guruh bosqichida “Al Jaish”, “Al Axli” va “Nasaf” jamoalari bilan bellashadi. Guruhdagi ilk uchrashuvda “Al Ayn” klubi Qatarning “Al Jaish” jamoasiga ikkin o'yinda ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy beradi. 3-turga kelib “Al Ayn” klubi “Al Axli”ni kichik 1:0 hisobida taslim etadi. Javob bahsida esa 2:1 hisobida raqiblaridan ustun keladi. Keyingi turda “Al Ayn” Qarshida “Nasaf” mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinda tomonlar murosa yo'lini tanlashadi 1:1. Javob bahsida “Al Ayn” klubi “Nasaf” jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. SHunday qilib “Al Ayn” guruhda 10 ochko jamg'argan holda ”pley-off” bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. “Pley-off” bosqichida “Al Ayn” klubi Eronning “Zobaxan” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvda “Al ayn” klubi 2:0 hisobida g'alaba qozonadi. O'yindagi gollarni Li Myung Jo hamda Danilo Asprilla kiritishdi.

“Al Ayn” jamoasi “Lokomotiv”ga qarshi o'yindan oldin ichki chempionatda “Al Ahli”ga yirik 1:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, OCHLning chorak final javob uchrashuvi “Lokomotiv” hamda “Al Ayn” jamoalari o'rtasidagi bahs “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика