Yana Saudiya Arabistoni. "Al Ahli" Gattuzoni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi
01 iyu 2023 18:20
Yangiliklar
Yana Saudiya Arabistoni. "Al Ahli" Gattuzoni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" Jidda klubi italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzoni jamoaga olib kelish niyatida.
Bu haqda "Sports Zone" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Gattuzoga 9 million evro maosh (bir mavsum uchun) bilan ikki yillik shartnoma taklif qilinadi.
Gattuzo ayni damda ishsiz. Uning so'nggi klubi "Valensiya" bo'lib, u ushbu jamoadan 2023 yilning yanvarida ketgandi.
Bungacha italiyalik mutaxassis "Napoli", "Milan", "Piza", "Palermo", "Son", va OFI kabi klublarda faoliyat ko'rsatgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar