So’nggi yangiliklar

00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  1 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  1 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  1 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  14 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  5 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  11 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  4 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1

Aktamovning jamoasidan ko'ngli to'qmi? Yangiliklar

Aktamovning jamoasidan ko'ngli to'qmi?

“Qizilqum” klubi birinchi davrani o'zi istagan darajada o'tkaza olmaganidan xabaringiz bor.

Ular 15 o'yinda 20 ochko jamg'arib 10-o'rinni egallab turibdilar. Jamoa rahbariyati esa bundan tushkunlikka tushmadi va yozgi yig'inda olidngi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlashni maqsad qilishdi va shunday ham bo'ldi. Navoiyliklar tayyorgarlik jarayonida o'rtoqlik uchrashuvlariga hamda selekciyaga etibor qaratdi. Umuman olganda, jamoaning ko'rsatayotgan o'yini chakki emasdi. Masalan, birinchi davrada ham Hamidjon Aktamov boshchiligidagi klub yomon taassurot qoldirmagan. SHunchaki, omadsizlik ularni taqib etdi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Endi hammasi ikkinchi davraga bog'liq. “Qizilqum” o'z kuchini aynan yaqinlashayotgan mavsumning ikkinchi yarmida ko'rsatadigandek. Bosh murabbiy Hamidjon Aktamov bilan ham o'ziga xos musohaba qilishimiz anchadan beri kutilayotgandi. Nihoyat, ikkinchi davra arafasida o'quvchilarimiz uchun o'z fikrlarini bildirdi.

Tayyorgarlik haqida

Tabiiyki, Hamidjon G'ulomovichning dastlabki bildiradigan fikrlari – bu yozgi yig'indagi tayyorgarlik bilan bog'liq bo'ladi. Zero, davralar oralig'idagi mashg'ulotlar jarayoni qay tarzda kechganligini Aktamovdan boshqasi aniq qilib tushuntirib bera olmaydi.

-Yozgi yig'inimizning dastlabki qismini Navoiyda boshladik. U erda futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilash ustida ishladik. Undan keyingi mashg'ulotlarimizni Toshkentda davom ettirdik. Poytaxtda nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazishni rejalashtirgandik va shunga asosan 6 ta o'yin tashkil qildik. Aytishim kerakki, men futbolchilarimning tayyorgarligidan ko'nglim to'ldi. Jamoamiz endi o'yinlarga 100 foiz tayyor. Qo'rqmasdan ikkinchi davrani boshlay olamiz.

Tarkibdagi o'zgarishlar xususida

Hamma klubda bo'lgani kabi “Qizilqum” tarkibida ham yangiliklar yuz berdi. To'g'ri, ayrim jamoalar singari bu erda u qadar katta o'zgarishlar sodir etilgani yo'q. Ammo, baribir o'ziga yarasha keldi-ketdilar bo'ldi. Masalan, Jasur Hasanov, Vohid SHodiev, Azamat Allaniyozov kabi futbolchilar jamoa bilan xayrlashdilar. Albatta, ularning o'rniga yangi o'yinchilar jalb etildi. Bosh murabbiy esa aynan o'zgarishlar haqida gapirdi.

-Asosiy tarkibimizda unchalik katta o'zgarishlar bo'lmadi. Garchi jamoamizni tajribali o'yinchilar tark etgan bo'lsa-da, biz kuchsizlanib qolganimiz yo'q. Vaziyatdan foydalanib ularning o'rnini to'ldirishga harakat qildik va ishongan futbolchilarimiz bor. Maksim Yurku, Otabek Isroilov, Akrom Bahriddinov, shuningdek, Nodirxon Kamolov va Erkin Jabborovni jamoamizga qaytardik. Bizdan ketgan o'yinchilarning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

“Paxtakor”ga qarshi o'yin

“Qizilqum”ni ikkinchi davraning ilk turida jiddiy o'yin kutib turibdi. Ular o'z uyida superjamoaga aylanishni maqsad qilgan “Paxtakor”ni qabul qiladi. SHubhasiz, bu turing markaziy uchrashuvlardan biriga aylanadi. Xo'sh, Aktamov SHota Arveladze boshchiligidagi “Paxtakor”ni mag'lub etish yo'lini topa olyaptimi?

-Biz “Paxtakor”ga qarshi kurashga tayyormiz, deydi – “Qizilqum” ustozi. – Albatta, ushbu o'yinda maydonga faqat g'alabani ko'zlagan holda tushamiz. Ishonamanki, muxlislarimiz uchun yaxshi o'yin ko'rsatamiz. To'g'risi, rasmiy o'yinlar bo'lmayotgan bunday paytda o'zim ham biroz zerikib qoldim. Mana endi asosiy kurashlar boshlanyapti. Men o'z jamoamga ishonaman.

Aktamov o'zining taqdiriga ham to'xtaldi

Xabaringiz bo'lsa, yaqinda ushbu mutaxassis ishdan bo'shash haqida ariza yozgandi va buni o'zi ham tan olgandi. “Qizilqum”da bir necha yildan beri ishlab klubni rivojlantirish yo'lida sayi-harakatlarini amalga oshirayotgan bir paytda uning istefoga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko'pchilikni hayron qoldirdi. Lekin ko'rib turibmizki, uning o'zi jamoasini ikkinchi davraga tayyorlashda davom etmoqda. SHuning uchun aslida nima bo'lgani xususida o'zidan so'rashga qaror qildik.

-To'g'ri, rostdan ham klubdan ketmoqchi edim. Yashirmoqchi emasman, birinchi davradan keyin menga boshqa klublardan ham takliflar tushdi. Keyin esa hammasini yaxshilab o'ylab ko'rdim. “Qizilqum”ni qabul qilib olganimga 4 yil bo'ldi. Biz bu vaqt davomida sira ham orqaga qarab ketganimiz yo'q. Asosan bosqichma-bosqich ko'tarilib kelyapmiz. 2016 yilda tarixiy o'rinni qaytarishga erishdik. Bu yilgi natijalarimiz ham yomon emas. Birinchi davrada faqat o'z maydonimizdagi o'yinlar o'zimiz kutgandek “o'xshamadi”. Muxlislarimiz xafa bo'lishdi va ular bizni qo'llab-quvvatlash o'rniga o'yinchilarimizni haqorat qildilar. Bu esa yigitlarimizga o'z tasirini ko'rsatdi. Bu holat futbolda oddiy holat ekanligini ularga tushuntirishga harakat qildim. Xudo xohlasa, ikkinchi davrada chiroyli o'yinlar ko'rsatib ishqibozlarimizni xursand qila olamiz. Agar futbolni yaxshi tushunadigan muxlislar o'yinimizni tahlil qilishsa jamoamiz yugur-yugur emas, balki chinakam futbol o'ynashyapti. Albatta, natija ham bo'ladi. SHularni o'ylagan holda klubda qolib, o'zim ustimda ishlashni va futbolchilar ham o'z ustilarida ishlashda davom etishini, to'xtab qolmasliklarini o'zimga va yigitlarga maqsad qilib qo'ydik.

FIRDAVSXON.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика