So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Akrom Komilov: "Turkiyada oyog'imni operaciya qilishdi. Bu mavsum men uchun tugadi" Yangiliklar

Akrom Komilov: "Turkiyada oyog'imni operaciya qilishdi. Bu mavsum men uchun tugadi"

Yil avvalida "Bunyodkor"dan "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan Akrom Komilov ayni paytda Turkiyada bo'lib turibdi.

Himoyachi yaqindagina jarrohlik stoliga yotdi. SHu bois biz Komilov bilan bog'lanib suhbatlashdik.

- Birinchi davraning oxirgi turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" uchrashuvida jarohat olgandim. SHundan keyin oyog'im tekshirishdi, shifokor jarohat jiddiyroq ekanligini aytdi. Biroq aniq tashhis qo'ya olmadi va MRTni Turkiyaga yuborishdi. Turkiyadagi shifokorlar ham MRTda jarohat aniq ko'rinmaganini malum qilishdi. Turkiyaga kelishimni shu erning o'zida tekshiruvdan o'tishimni maslahat berishdi. 25 iyul kuni Turkiyaga uchib bordim. O'sha kunning o'zida tekshiruvdan o'tkazishdi hamda o'sha kunning o'zida operaciya qilishdi. Xudoga shukur, operaciya yaxshi o'tdi, - deydi Akrom Komilov. 

- Oyoqning aynan qaysi joyi shikastlangan ekan?
- Tizzaning eng muhim mushaklaridan biri uzilgan va suyagim parchalanib ketgan. Suyak parchalarini tozalab mushakni ulashdi.



- Qachon O'zbekistonga qaytasiz?
- Tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Turkiyada shifokor buyurgan mashqlarni asta-sekin bajarishni boshladim. Taxminan 3-4 kunda O'zbekistonga qaytaman va tiklanish jarayonini yurtimizda davom ettiraman.

- Yil boshida ham jarohat olgan edingiz. O'sha jarohat qaytalandimi?
- Mavsum oldidan Dubaydagi yig'in vaqtida o'rtoqlik o'yinlaridan birida ham jarohat olgan edim. U jarohatim boshqa joyda edi, hozirgisi boshqa.



- Yashil maydonga qachon qaytasiz?
- SHifokorlar taxminan keyingi yil boshida umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazish mumkinligini aytishdi. Yani bu mavsum men uchun tugab bo'ldi. Afsuski shunday.

- 2019 yilgi mavsumni "Paxtakor" safida boshladingiz. Biroq deyarli mavsum o'rtasida debyut qildingiz...
- "Paxtakor"da meni juda iliq kutib olishdi va menga ishonch bildirishdi. Biroq Dubayda olgan jarohatim ko'p narsani o'zgartirib yubordi. Operaciyadan keyin klub rahbariyatdan tortib, murabbiy, futbolchilar va xodimlargacha barcha tuzalib safga qaytishimga tilak bildirishdi. SHu o'rinda meni qo'llab-quvvatlayotgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Nasib qilsa tuzalib yanada kuchga to'lgan holda qaytaman. Meni esdan chiqarib yuborishmasin.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика