Akrom Komilov: “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi”
06 apr 2017 16:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/248109_original.jpg)
![](/upload/storage/248109_220.jpg)
Akrom Komilov: “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi”
Bugun Toshkentning “Bunyodkor” klubi o'z uyida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu bahs oldidan “qaldirg'ochlar” himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun bizga g'alaba suv va havodek zarur. Ushbu bahsga har doimgidek katta etibor bilan tayyorgarlik ko'rdik. Nasib qilsa muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Har taraflama bugungi uchrashuvga tayyormiz. Ruhiy holatimiz yaxshi, faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz. “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. SHuning uchun ham ushbu o'yin biz uchun juda muhim”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Akrom Komilov.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar