So’nggi yangiliklar

14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  14 14:29Эндрик "Реал" 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   23 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   2 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  8 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7

Akrom Komilov: Janubiy Koreya termasini mag'lub etishimizga ishonaman Yangiliklar

Akrom Komilov: Janubiy Koreya termasini mag'lub etishimizga ishonaman

Oliy ligada chempionlik uchun kurash davom etadi. To'g'ri, Lokomotiv bu borada boshqa jamoalarga nisbatan yaxshiroq imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

Lekin peshqadamni izma-iz taqib etayotgan Bunyodkor va Nasaf jamoalari ham bu kurashda temiryo'lchilarga osonlikcha yon bermasliklari aniq. Demak, kurash so'nggi turgacha davom etadi. Bu esa, o'z navbatida, intrigani saqlab qolish barobarida chempionatning yanada qiziqarli kechishini taminlaydi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan Bunyodkor 20-turning qoldirilgan uchrashuvida Olmaliq mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Mazkur o'yindan so'ng g'olib jamoa himoyachisi Akrom Komilovdan intervyu oldik.

- Akrom, qoldirilgan o'yinda Olmaliqni mag'lub etdinglar. Hisobga qaraganda, oson g'alabaga erishgandek ko'rinyapsizlar. Aslida ham shundaymi?


- Yo'q. Men bunday demagan bo'lardim. Natija aldashi mumkin. O'yin juda ham qiyin kechdi. Bunga mezbonlarning bizga ko'rsatgan qarshiliklari ham sabab bo'ldi. Olmaliq so'nggi o'tkazgan 9ta o'yinining birontasida g'alaba qozona olmadi. SHundan bo'lsa kerak, maydon egalari bizga qarshi bor kuchlari bilan o'ynashdi. Ularning maqsadlari bu o'yinda uch ochko ishlab olish edi. Garchi g'alabaga erishgan bo'lsakda, uch ochko osonlikcha qo'lga kiritilgani yo'q.

- Olmaliqning omadsiz seriyasi ham sizlarga yordam berdimi?


- SHunday desa ham bo'ladi. Jamoa­da hozir tushkun holat hukmron. Biz esa bundan unumli foydalanib qoldik. Olmaliqdagi omadsizlikni engib o'tish futbolchilar va murabbiylar shtabi uchun oson bo'lmaydi. CHempionat esa o'z yakuniga etib boryapti. Lekin bir narsani aniq ayta olaman, biz mezbonlarga xotirjam harakatlanish va to'p bilan muomala qilish imkonini qoldirmadik.

- CHempionlik poygasida kurash so'nggi turgacha davom etadimi yoki Lokomotivni chempionlik bilan tabriklasa bo'ladimi?


- Menimcha, davom etadi. CHunki hali mavsum yakunlanishiga beshta (suhbat 26-tur o'yini oldidan o'tkazilgan, - muallif) tur bor. O'rtada besh ochkolik farq saqlanib qolyapti. SHunday ekan, hali xulosa chiqarishga erta. Biz ham, 3-o'rindagi Nasaf ham oxirigacha kurashadi. Agar o'z o'yinlarimizda ochko yo'qotmasak, chempionlik uchun kurashda imkoniyatlarimiz saqlanib qoladi.

- Qaysi o'yinlarda kutilmagan ochkolarni boy berdinglar?


- Mashal va Neftchi jamoalariga qarshi kechgan bahslar kutilmagan natija bilan yakunlandi. Bu ikki o'yinda yo'qotilgan qimmatli ochkolar hozir bizga juda ham kerak bo'lyapti.

- Siz aytgan o'sha ikki uchrashuvda raqiblar kuchlilik qilishdimi yoki Bunyodkorning o'yini o'xshamadimi?


- Biz o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. O'z o'rnida raqiblarimiz ham bunga imkon berishmadi.

- Avvalambor, chempionlik uchun kurashda omad tilaymiz. Mabodo, kumush medalni qo'lga kiritsanglar, vice-chempionlik bu yilgi mavsum uchun ijobiy natija bo'ladimi?


- Albatta. CHunki jamoamiz oxirgi ikki yildan beri sovrinli o'rinlarsiz qolib ketyapti. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, kumush medal biz uchun ijobiy natija bo'lardi. Lekin bu oltin uchun kurashmaymiz, degani emas. Kim qaysi o'rinda bo'lishini 30-turdan so'ng bilib olamiz.

- Oldinda jamoangizni murakkab o'yinlar kutib turibdi. Qaysi uchrashuvni eng qiyini deb hisoblaysiz?


- Bizda oson o'yinning o'zi qolmadi. Barcha uchrashuvlar katta ahamiyatga ega bo'ladi. Har uch kunda o'yin o'tkazyapmiz. Tabiiyki, buning natijasida ko'p kuch yo'qotyapmiz. Bir haftada ikkita o'yin o'tkazish juda ham og'ir.

- Joriy mavsumda o'z darajangizda o'yin namoyish eta oldingizmi yoki bundan ham yaxshiroq natijaga erishishingiz mumkinmidi?


- Futbolchiga bahoni murabbiy va muxlislar berishadi. Jamoa ustozining bahosi xolisroq bo'ladi. Fikrimcha, hali yanada ko'proq o'sishim kerak. Sergey Ivanovich qo'l ostida buni uddalash imkoniga egaman. Hammasi o'zimga bog'liq. Ko'proq mehnat qilishim lozim. Osiyo jamoalarida emas, Evropa klublarida o'ynashni maqsad qilganman. Niyatga erishish uchun o'z ustimda yanada ko'proq ishlashim lozim.

- O'zbekiston kubogining qaysi bosqichi Bunyodkor uchun qiyin kechdi?


- Yuqorida aytganimdek, bu yilgi mavsumda biz uchun har bir bahs qiyin kechyapti. SHu jumladan, kubok bahslarida ham engil o'yin o'tkazmadik. Ikkita uchrashuvdan iborat kubok musobaqasida kuchsiz jamoalarda ham imkoniyat bo'ladi. SHunga qaramay, chorak final doirasidagi Metallurg klubiga qarshi kechgan o'yinlar nisbatan qiyinroq kechdi, deb ayta olaman.

- Bunyodkorning finalga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?


- Bizni yarim finalda jiddiy raqib kutib turibdi. Lokomotiv jamoasiga ortiqcha tarif berish shart emas. Hech ikkilanishsiz aytishim mumkin, Lokomotivga qarshi kechadigan o'yinlar biz uchun finaldek bo'ladi. Ilk finalchining nomi malum. Nasaf so'nggi o'yinlarni ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Bizning juftlikdan finalga qaysi jamoa chiqishidan qatiy nazar, qarshiliklarga oson bo'lmaydi. Ular o'z-o'zidan finalga etib kelishgani yo'q, ajdarlarning ham maqsadlari jiddiy. Kubok sohibi OCHL­da qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. Bu esa finalning shiddatli kechishini taminlaydi.

- Milliy jamoamizning 3-saralash bosqichida o'tkazgan o'yinlari haqida nima deya olasiz?


- Termamiz ishtirokidagi to'rtta o'yinni ham ko'rdim. Birgina Eronni aytmasa, qolgan uchta uchrashuvdada futbolchilar juda yaxshi taassurot qoldirishdi. Eronliklar bilan bahsda omad kelmadi. Odil Ahmedovning maydonda yo'qligi yaqqol sezilib qoldi. Sardorimizning terma jamoadagi o'rni bo'lakcha.

- Oldinda bizni Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Mehmonda bo'ladigan bu o'yindan nimalar kutyapsiz?


- Boshqalarni bilmadimu, lekin men J.Koreya termasini mag'lub etishimizga ishonyapman. Futbolchilarimiz ushbu vazifani uddalay olishadi. Bu raqib avvalgidek kuchli emas. Muxlislar qatori futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlaymiz. Bizga ham terma jamoada o'ynash nasib qilsin.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика