Akrom Komilov: "Ertaga maydonga tusha olmasam ham, jamoadoshlarimga dalda bo'lib turaman"
11 fev 2019 19:53
Yangiliklar


Akrom Komilov: "Ertaga maydonga tusha olmasam ham, jamoadoshlarimga dalda bo'lib turaman"
Ertaga OCHL-2019 saralashi doirasidagi "Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bu uchrashuvda "sherlar"ning yangi himoyachisi Akrom Komilov jarohat bois maydonga tusha olmaydi. Biz futbolchining bo'lajak o'yindan oldingi fikrlari bilan qiziqdik.
"Mavsumga tayyorgarlik ajoyib tarzda o'tdi. Yigitlar ertangi bahsga tayyor. Jamoa tarkibi ko'plab yangi futbolchilar bilan kuchaytirilgan. Afsuski Dubaydagi yig'in vaqtida kutilmagan jarohat oldim va malum muddat maydonga tusha olmayman.
"Eyr Fors" bilan bahsda maydonga tusha olmasam ham jamoadoshlarimga dalda bo'lib turaman. Xudo xohlasa g'alaba biz tomonda bo'ladi.
SHu o'rinda ertaga mamlakatimiz sharafini himoya qiluvchi AGMK klubiga ham omad tilayman", - deydi Akrom Komilov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar