Akrom Komilov: “Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi”

Narzulla Saydullayev
14 okt 2016, 14:32
Ertaga milliy chempionatimizning qolgan 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda Toshkentning “Bunyodkor” klubi o'z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Ertangi uchrashuvdan oldin “Bunyodkor” himoyachisi Akrom Komilov o'z fikrlarini bildirdi.

“Ertaga “Nasaf” jamoasi bilan murosasiz bahs bo'lishi kundek ravshan. “Ajdarlar” ikkinchi davrada ancha mazmunli o'yin ko'rsatishmoqda. Ertaga 6 ochkoga teng o'yin bo'ladi. Ushbu bahsga har doimgidek tayyorgarlik ko'rdik. Ushbu uchrashuv biz uchun katta ahamiyatga ega Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi ”, - deydi “Bunyodkor” futbolchisi Akrom Komilov.

Jahongir  Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia