Akrom Komilov: "Bizga tramplin kerak. Biznikilar esa 17-18 yoshdagi futbolchilarga 1-2 mln dollar narx qo'yishadi"
18 iyu 2021 10:06
Yangiliklar
Akrom Komilov: "Bizga tramplin kerak. Biznikilar esa 17-18 yoshdagi futbolchilarga 1-2 mln dollar narx qo'yishadi"
U o'zbek futbolida chiqadigan yosh futbolchilar ulg'aygach ko'zga ko'rinmay ketishi haqidagi savolga javob berdi.
"Bizga tramplin kerak. 17, 18, 19, 20, 21 yoshdagi o'zbek futbolchilari juda katta o'sishga erishadi. Undan keyingi tramplin bizda yo'q. Bizda ham bor, masalan, yoshlar o'rtasidagi yoki o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyin bizning futbolchilarning ko'piga turli xil Evropa jamoalaridan taklif tushadi. Lekin biznikilar 17-18 yoshdagi futbolchilarga 1-2 mln dollar narx qo'yishadi", — deydi Akrom Komilov.
Uning takidlashicha, O'zbekiston chempionatida futbolchi 22-23 yoshgacha o'ynab qolsa bir xil tempda qolib ketadi.
"Daraja ko'tarilmaydi, bir xil tempda qolib ketaverasiz. O'sish uchun Evropaga ketish kerak. Bizda shu narsa yo'q", — deya qo'shimcha qiladi AGMK klubi futbolchisi.
To'liq intervyuni ko'rish uchun:
Fikrlar