So’nggi yangiliklar

17:52Флик мавсум якунида "Барселона"ни тарк этиши мумкин  0 16:56"Малаван" — "Персеполис". Таркиблар маълум  1 16:47САфарда. "Ғазалкент" Россия клубини ютди, ўйин вақтида мураббийдан интервью олдик  0 16:01"Сабаҳ" — "Араз". Таркиблар маълум  2 15:40"Эюспор" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 15:19САфарда "Қизилқум"да. Асрор Ғофуров, Шохруз Норхонов, Жаба Жигаури ва Акмал Рустамовдан интервью  0 14:35Ўзбекистон Суперкубоги-2026. Чемпионат ва кубок ғолиблари ўртасидаги беллашувга “Бобур Арена” мезбонлик қилади  6 14:22Фарғона вилояти ҳоким кубоги ярим финал ўйинлари бўлиб ўтди  2 14:00САфарда. Тоҳир Кападзе ўғли Тимурнинг қарори, ҳоким билан учрашув, мухлисларга мурожаат...  3 13:36"Челси" Испания терма жамоаси форварди трансфери устида ишламоқда  4 12:51Расман: Йилдиз "Ювентус" билан шартномасини узайтирди  1 12:25"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи  5 11:55ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:35САфарда. "Бухоро" меҳмони. Хомяков ва Виталий Денисовдан интервью  1 11:05Левандовски Месси ва Роналдунинг натижасини такрорлади  3

Akobir To'raev: "Eron kuchsiz jamoa emas" Yangiliklar

Akobir To'raev: "Eron kuchsiz jamoa emas"

Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston U-17 va Eron U-17 o'smirlar terma jamoalarining "JAR" stadionidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamizning yosh hujumchisi Akobir To'raev championat.asia sayti uchun o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Akobir garchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsada g'alaba bilan tabriklaymiz. Bu hamyoshlarga kuch bo'lishi tabiiydir.
- Ha, albatta. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lsada g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Eron ham kuchsiz jamoa emas. Bekorga JCH-2013ga chiqmagan.

- Eronga qarshi o'yin haqida ham aytib o'tsangiz.
- Yuqorida aytganimdek Eron kuchli raqib lekin biz yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Garchi g'alaba qozona olgan bo'lsakda qanchalab imkoniyatlardan umuman foydalana olmadik. Yaxshi o'yin bo'ldi. Hamma bor kuchi bilan o'ynadi. Hozir barcha futbolchilar asosiy tarkibga kirish uchun bor kuchi bilan o'yin ko'rsatmoqda va bu g'alabaga sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- Tayyorgarlik qanday o'tmoqda? Munosib raqiblar bilan o'yin terma jamoamiz uchun albatta foydali bo'lsa kerak.
- Tayyorgarlikni hammasi avvaldan rejalashtirib chiqilgan. JCH-2013 ga ham kam  vaqt qolmoqda. Bu uchrashuvlar bizga katta maktab bo'lmoqda. Bizga BAAda juda kuchli raqiblar to'g'ri keladi va shunga munosib tayyorlanmoqdamiz.

- Ushbu terma jamoamizda ulkan masuliyat bor. Bunga sabab bundan oldin Meksikada o'smirlarimiz ijobiy natijani qo'lga kiritgan edi. Bu borada fikringiz qanday?
- Biz endi Jahon chempioni bo'lmoqchimiz. Masuliyat ham shunga yarashadir.

Humoyun Davurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика